MIROB

MIROB — suv taqsimoti va sugʻorish tarmoqlarini nazorat qiluvchi shaxs. Qadimdan Oʻrta Osiyoda dare vodiylari va dehqonchilik vohalarida sugʻorish tarmoqlarining bosh toʻgʻonlarini tiklash, sohillar boʻylab dambalar oʻrnatish, sugʻorish tarmoqlarini loyqadan tozalash, suvni navbat bilan taqsimlash, ortiqcha suv va zaxoblarni zaxkashlar orqali partovlarga chikarib yuborish kabi barcha suv xoʻjaligi ishlari irrigatsiya va melioratsiyani yaxshi bilgan tajribali … Читать далее

MIRZO SODIQ JONDORIY

MIRZO SODIQ JONDORIY (toʻliq nomi: Mirzo Muhammad Sodiq ibn Abduvali Munshiy Jondoriy) (18a. 50-y. lari, Jondor tumani — 1819, Karshi) — shoir. «Sodiq» taxallusi b-n ijod qilgan. U saroy xizmatiga chaqirilib, Buxoro mangʻit hukmdorlari amir Doniyol, amir Shohmurod va amir Haydarlar davrida oddiy mirza (munshiy)likdan mirzaboshi — bosh munshiylik darajasiga koʻtariladi. Mirzo Sodiq Jondoriydan bizgacha … Читать далее

MIRZA SALIMBEK

MIRZA SALIMBEK ibn Muhammad Rahim (1850—1930) — tarixchi, shoir, davlat arbobi, diplomat. M. S. amirlikning Toshkentdagi savdo vakili (1873-85); Yakkabogʻ (1893-98), Nurota (1898—1902), Boysun (1902—05), Sherobod (1905—09), Shahrisabz (1910—13), Chorjoʻy (1920) viloyatlari hokimi, Buxoro mirshabi (1889). 1885-y. da amir Abdulahad joʻnatgan elchilar tarkibida Peterburgda boʻlgan. 1920-y. 29 avg. da qizil qoʻshinlar tomonidan hibsga olingan va … Читать далее

MOʻMINOV Ibrohim Moʻminovich

MOʻMINOV Ibrohim Moʻminovich (1908.7.9, hoz. Shofirkon tumani Tezguzar qishlogʻi — 1974.22.7, Toshkent) — faylasuf olim, jamoat arbobi, Oʻzbekiston FA akad. (1956), Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1959), falsafa fanlari d-ri (1950), prof. (1950). Buxoro bilim yurtida oʻqigan (1925—27). Samarqand Pedakademiyasining ijtimoiy-iktisodiy f-tini tugatgan (1931), shu yerda oʻqi-tuvchi boʻlib ishladi. Pedakademiya Uzbekiston untiga aylantirilgach, filol., keyinchalik … Читать далее

MUHYI

MUHYI (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Rizo Oxund oʻgʻli) (1835, Qandahor, Afgʻoniston — 1911, Andi-jon) — shoir. Turkiy va forsiy tillarda ijod qilgan. Hirot va Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Muhyi 19-a. ning 60-y. lari oʻrtalarida Andijon sh. da yashagan. Andijon hokimi — Xudoyorxonning katta oʻgʻli Nasriddinbek (1865 — 75) Muhyiga «Toj ush-shuaro» («Shoirlar toji», 1869) faxriy … Читать далее

MUBOSHIR

MUBOSHIR (arab. — ish yurituvchi) — biror ishga boshchilik qiluvchi, boshqaruvchi, boshliq. 1) Somoniylar va saljuqiylar davrida amir va sultonlarning ishonchli kishisi; 2) Usmonli turk imperiyasida markaziy davlat idorasidan viloyatlarga har xil topshiriklar b-n yuboriladigan vakil; 3) 17—18-a. larda Buxoro xonligida markaziy davlat idorasining moliya devonidagi amaldor; 4) Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida markaziy davlat … Читать далее

MEHTAR

MEHTAR (fors. — ulugʻ, janob) — saroy mansablaridan biri. Somoniylar davlatida boobroʻ shaxslar, davlat arkonlari. Baʼzi manbalarda Mehtar «qishloq oqsoqoli» yoki «otboqar, sayis» — maʼnolarida ham qoʻllanilgan. Buxoro xonligida Mehtar hukmdorga yaqin 4 davlat mansabdorlaridan ikkinchisi boʻlib, baʼzan u oliy farmonga muvofiq, saroyga otdan tushmagan holda kirishga haqli hisoblangan. Mehtar zimmasiga zakotdan, shuningdek, tovar, aqcha, … Читать далее

MULLA GʻOYIB

MULLA GʻOYIB, Koʻr Gʻoyib, Gʻoyib — xalq ijodida yaratilgan afsonaviy obraz, baxshilar piri. Fozil Yoʻldosh oʻgʻlidan 1934-y. da yozib olingan. Dostonda tasvirlanishicha, Mulla Gʻoyib buxorolik boʻlib, shu yerda taxsil olgan. Ustozi Eshon Namoz imomlik qilayotganda, orqada imomga iqtido qilib namoz oʻqiyotgan qizlarga ikki bor nazartashlagani uchun koʻr qilingan. Eshon Mulla Gʻoyibga koʻzining xuni evaziga baxshilarning … Читать далее

MUHAMMAD YUSUF MUNSHIY

MUHAMMAD YUSUF MUNSHIY ibn Xoʻja Baqo (17-a.) — balxlik tarixchi olim, ashtarxonishshraan. Subhonqulixon (hukmronligi: 1680—1702; Balx hokimi: 1651—80), shuningdek, Muhammad Muqimxon (Balx hokimi: 1702—07) saroylarida munshiy boʻlib xizmat qilgan. U Muhammad Muqimxonga bagʻishlangan «Muqimxon tarixi» («Tarixi Muqimxoniy», 1697—1704) asarida Balx va qisman Buxoro xonli-gmning 17-a. dagi ijtimoiysiyosiy tarixini bayon etadi. Bu asar mukaddima va 3 … Читать далее

MUQADDAS JOYLAR

MUQADDAS JOYLAR, qadamjolar — dindorlar muqaddas deb hisoblaydigan va sigʻinadigan joylar. Bular — paygʻambar, shayx, eshon, avliyolar nomi bilan bogʻliq hisoblangan va ziyoratgohga aylanib ketgan shahar, maqbara, chashma, daraxt, tepalik, gor va b. dir. Muqaddas joylar turli dinlarga eʼtiqod qiluvchi hamma xalqlarda, koʻpgina shahar va mamlakatlarda bor. Bunga Imom Buxoriy (Samarqand viloyati), Bahouddin Naqshband (Buxoro … Читать далее