MIRZA SALIMBEK

MIRZA SALIMBEK ibn Muhammad Rahim (1850—1930) — tarixchi, shoir, davlat arbobi, diplomat. M. S. amirlikning Toshkentdagi savdo vakili (1873-85); Yakkabogʻ (1893-98), Nurota (1898—1902), Boysun (1902—05), Sherobod (1905—09), Shahrisabz (1910—13), Chorjoʻy (1920) viloyatlari hokimi, Buxoro mirshabi (1889). 1885-y. da amir Abdulahad joʻnatgan elchilar tarkibida Peterburgda boʻlgan. 1920-y. 29 avg. da qizil qoʻshinlar tomonidan hibsga olingan va amirlikning boshqa amaldorlari bilan Sibirga surgun qilingan. 1922—24 y. larda Buxoro respublikasi «Avkrf», «Anjumani tarix» tashkilotlarida ishlagan. Kolesov boshliq kizil qoʻshinlarning Buxoroga hujumi paytida (1918-y., mart) amirning Kolesov bilan muzokara olib borgan vakillar hayʼatiga rahbarlik qilgan, keyin u devonbegi mansabiga, zakotchi lavozimiga koʻtarilgan (1917—20). Mirza Salimbek «Tarixi Salimiy» (qadimdan amirlikning 1920-y. gacha tarixi), «Kashkuli Salimiy» («Salimiyning darveshlar xaltasi») (1913, Toshkent), «Jomei gulzor» («Gulzor majmui») sheʼriy asar, «Ahodisileʼmol» («Amaldagi hadislar») (1911, Buxoro), «Durratil voizin» («Voizlar sochgan durlar») (1909, Buxoro), «Muxbirul-hikoyot» («Xabar beruvchining hikoyalari») (1908, Toshkent), «Kaʼbulaxbor hikoyalari» (1909, Toshkent). Mirza Salimbek tazkira ham tuzgan. Qori Rahmatulla Vozexning T«uhfatul-ahbob» («Dilga yaqin kishilarga tuhfa») tazkirasini nashrga tayyorlashda, oʻziga zamondosh 100 ga yaqin shoirlar haqidagi maʼlumotlarni unga ilova qilgan.

Naim Norqulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x