MOʻMINOV Ibrohim Moʻminovich

MOʻMINOV Ibrohim Moʻminovich (1908.7.9, hoz. Shofirkon tumani Tezguzar qishlogʻi — 1974.22.7, Toshkent) — faylasuf olim, jamoat arbobi, Oʻzbekiston FA akad. (1956), Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1959), falsafa fanlari d-ri (1950), prof. (1950). Buxoro bilim yurtida oʻqigan (1925—27). Samarqand Pedakademiyasining ijtimoiy-iktisodiy f-tini tugatgan (1931), shu yerda oʻqi-tuvchi boʻlib ishladi. Pedakademiya Uzbekiston untiga aylantirilgach, filol., keyinchalik tarix f-ti dekani, kafedra mudiri (1933—55). 1955 — 56 y. larda Uzbekiston FA Tarix va arxeologiya in-ti direktori. 1956-y. dan akademiyaning vitseprezidenti. Ai ni vaqtda Uzbekiston FA Falsafa va huquk in-ti direktori (1958—59), Uzbekiston «Bilim» jamiyati boshkaruvi raisi (1958-y. dan), Oʻzbek sovet ensiklopediyasining birinchi bosh muharriri (1968-y. dan).

Moʻminovning ilmiy faoliyatiga shoʻrolar mustabid tuzumi oʻz taʼsirini koʻrsatgan boʻlsada, biroq, uning tadqiqotlari markazida Sharq, xususan, Markaziy Osiyo xalqdarining ijtimoiy-falsafiy qamda ilmiytabiiy fikrlari muammolari turganligi natijasida, alloma falsafaning oʻta siyosiylashuvini, uni hukmron mafkura xizmatiga tamomila boʻysundirish xurujlarini chetlab oʻshsh imkoniyatiga ega boʻldi. U Navoiydan tortib, Ahmad Donishgacha boʻlgan yirik mutafakkirlar ijodini taxlil kildi. Ayniqsa, Bedil ijodini chukur oʻrganib, uning merosini tushunishni ancha yengillashtirdi. Moʻminovning «AmirTemurning Urta Osiyo tarixida tutgan oʻrni va roli» asari (1968), umuman Amir Temur shaxsini ilmiy oʻrganish tashabbusi b-n chiqishi olimning ilmiy jasorat va yuksak vatanparvarlik fazilatining yorqin ifodasi boʻldi. Moʻminov Gʻarb falsafasini, rus mutafakkirlari ijodini ham oʻrgandi. Gegel dialektikasining ratsional magʻzini koʻrsatib berdi.

M. Uzbekistonda ilm-fanning yirik tashkilotchisi. U, ayniksa, ijtimoiy fanlarni rivojlantirishga — yangi tadqiqot muassasalarini tashkil etish, ilmiy kadrlar tayyorlashga katta hissa qoʻshdi, uning rahbarligida turli fan sohalari boʻyicha yirik asarlar nashr etildi. M. Uzbekistonda falsafa maktabiga asos soldi.

Beruniy nomidagi Uzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967).

Toshkentdagi koʻchalardan biriga, Uzbekiston FA Falsafa va huquq intiga, Buxoro va Shofirkon sh. laridagi koʻchalar, maktablar, Shofirkon tumanidagi shirkat xoʻjaligiga Moʻminov nomi berilgan. Moʻminov vafotidan soʻng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2003).

As: Tanlangan asarlar, 3 j. li, T., 1969 — 72; Vыdayuщiyesya mыsliteli Sredney Azii, Moʻminov, 1963; Amir Temurning Oʻrta Osiyo tarixida tutgan oʻrni va roli, T., 1968; Mirzo Bedil, T., 1974; Oʻzbekistondagi tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy tafakkur tari-xidan lavxalar, T., 1999.

Ad.: Sadыkov A. S, I. M. Moʻminov [bibliografiya], T., 1968; Vospominaniya o I. M. Muminove, T., 1978; Akademik Ibrohim Moʻminov |maqolalar va xotiralar], T., 1993; Shermuhammedov S, Krmusiy olim, T., 1998.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x