MULLA GʻOYIB

MULLA GʻOYIB, Koʻr Gʻoyib, Gʻoyib — xalq ijodida yaratilgan afsonaviy obraz, baxshilar piri. Fozil Yoʻldosh oʻgʻlidan 1934-y. da yozib olingan. Dostonda tasvirlanishicha, Mulla Gʻoyib buxorolik boʻlib, shu yerda taxsil olgan. Ustozi Eshon Namoz imomlik qilayotganda, orqada imomga iqtido qilib namoz oʻqiyotgan qizlarga ikki bor nazartashlagani uchun koʻr qilingan. Eshon Mulla Gʻoyibga koʻzining xuni evaziga baxshilarning dastlabki ilhom makoni Murodbaxsh gʻoriga borib tunashga ruxsat bergan. Murodbaxsh gʻori haqidagi afsonaga koʻra, gʻor oldida buloq boʻlib, gʻorning toʻrida vassa (toqi) yoʻnib turgan usta (dev) bor. Agar boʻlajak baxshi gʻor oldida tunab, buloq suvidan ichib, unga kira olsa, usta doʻmbira yasab berib, juda oz fursatda baxshilik yoʻllarini oʻrgatar ekan. Murodbaxsh gʻori oldida tunagan Mulla Gʻoyib ham bexosdan shoirlik salohiyatiga ega boʻlib, Buxoro koʻchalarida qoʻshiq aytib yurganda, sheʼriyatni gunoh sanagan amir uni zindonga tashlatadi. Mulla Gʻoyib zindonda ham soʻz va sozning qadimiyligini, uning Odam Atodan qolganligini kuylab, zindondan qutulib ketadi. Dostonchilikni ilohiy, sirli sanʼat sifatida tushunishdagi qad. tasavvurlarga koʻra, baxshilar Mulla Gʻoyibni oʻz pirlari hisoblaydilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x