MUQADDAS JOYLAR

MUQADDAS JOYLAR, qadamjolar — dindorlar muqaddas deb hisoblaydigan va sigʻinadigan joylar. Bular — paygʻambar, shayx, eshon, avliyolar nomi bilan bogʻliq hisoblangan va ziyoratgohga aylanib ketgan shahar, maqbara, chashma, daraxt, tepalik, gor va b. dir. Muqaddas joylar turli dinlarga eʼtiqod qiluvchi hamma xalqlarda, koʻpgina shahar va mamlakatlarda bor. Bunga Imom Buxoriy (Samarqand viloyati), Bahouddin Naqshband (Buxoro sh.), Zangi ota (Toshkent viloyati), Ahmad Yassaviy (Turkiston sh.) dafn etilgan joylar va b. ni misol qilib koʻrsatish mumkin. Islomda Makka va Madina, shialarda, shuningdek, Karbalo va Najaf sh. lari umumiy Muqaddas joylar hisoblanadi va ziyorat qilinadi. Hindlar uchun Gang daryosi, yahudiylar, xristianlar uchun Quddus sh. muqaddas sanaladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x