MUHAMMAD YUSUF MUNSHIY

MUHAMMAD YUSUF MUNSHIY ibn Xoʻja Baqo (17-a.) — balxlik tarixchi olim, ashtarxonishshraan. Subhonqulixon (hukmronligi: 1680—1702; Balx hokimi: 1651—80), shuningdek, Muhammad Muqimxon (Balx hokimi: 1702—07) saroylarida munshiy boʻlib xizmat qilgan. U Muhammad Muqimxonga bagʻishlangan «Muqimxon tarixi» («Tarixi Muqimxoniy», 1697—1704) asarida Balx va qisman Buxoro xonli-gmning 17-a. dagi ijtimoiysiyosiy tarixini bayon etadi. Bu asar mukaddima va 3 bobdan iborat boʻlib, 1-bobda shayboniylar davrida Movarounnahrning umumiy ahvoli tasvirlanadi. Asarning 2—3-boblari original boʻlib, unda Buxoro xonligi va Balxning Hindiston, Eron, Turkiya va Qashqar bilan boʻlgan siyosiy munosabatlari, Buxoro va Balx oʻrtasidagi qurolli kurash (1702—04) xususida soʻz boradi. Asarda sufiylik tariqatlarining rahbarlari, nufuzli eshonlar, hukmdorlar (mas, Balx hokimlari Solih Xoʻja, Mahmudbiy otaliq, Badaxshon hukmdori Miryorbek), xattotlar, shoirlar, shuningdek, Qunduz (Qatagʻon), Termiz (Qoʻngʻirot), Balx (Qurama), Lagʻmon (Olchin)da yashovchi oʻzbek qavmlari hamda saroy mansablari va harbiy unvonlar toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. Asarning 2qismi nomaʼlum sabablarga koʻra yozilmay qolgan.

Ashtarxoniylar tarixini oʻrganishda muhim manba sanalgan bu asar («Ubaydullanoma» va «Abulfayzxon tarixi» asarlari uning mantiqiy davomi hisoblanadi) 19-a. 20-y. larida Rossiya orqali Yevropaga tarqaldi. Asardan parchalar fransuz tilida bosildi (1824), toʻla ravishda eski oʻzbek tiliga tarjima qilindi (1861). A. Semyonov tomonidan rus tilida chop etilgan.

As: Mukimxanskaya istoriya, T., 1956.

Ad.: Axmedov B., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI— XVIII vv., T., 1985.

Qahramon Rajabov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x