MONOGRAFIYA

MONOGRAFIYA (mono… va… grafiya) — muayyan mavzu yoki muammoni, biror olim yoki yozuvchi hayoti va faoliyatini atroflicha, chuqur tadqiq etuvchi ilmiy asar. M. da yoritilayotgan masala boʻyicha mavjud adabiyot umumlashtiriladi va tahlil etiladi, fanni rivojlantirishda yordam beradigan faraz va xulosalar ilgari suriladi. Пост Навигацияси

MASAL

MASAL (arab. — namuna, misol) — didaktik adabiyot janri. Taʼlimiy xarakterdagi, aksariyat kichik sheʼriy, baʼzan nasriy shakldagi asar. M. da insonga xos xususiyatlar, jamiyatga xos ijtimoiy hodisalar, munosabatlar qushlar, hayvonlar orasidagi munosabatlar va tabiat hodisalari vositasida aks ettiriladi. Mazmuni majoz asosiga quriladi, komiklikning va ki-noyaning, ijtimoiy tanqid motivining ustunligi Masalga hajviy ruh bagʻishlaydi. Masalning hikoya … Читать далее

MARKS

MARKS (Marx) Karl (1818. 5.5, Trir — 1883.14.3, London) — nemis faylasufi, iqtisodchi, jamiyatshunos, marksizm asoschisi. Advokat oilasida tugʻildi. 1835—41 y. larda Bonn va Berlin untlarining yuridik f-tlarida oʻqidi. Falsafiy qarashlari yosh gegelchilar taʼsirida shakllandi. 1842-y. «Reyn gazetasi» (Kyoln)ga muharrirlik qildi. 1843-y. Parijga koʻchib keldi. Bu yerda F. Engels bilan doʻstlashdi (1844) va u bilan … Читать далее

MENDELSON

MENDELSON, Mendelson-Bartoldi (Mendelssohn — Bartholdy) Yakob Lyudvig Feliks (1809.3.3, Gamburg – 1847.4.11, Leypsig) — nemis kompozitori, dirijyor, organchi, musiqa jamoat arbobi. Musiqiy romantizmtnt yirik namoyandasi. Bolalik davridan virtuoz pianinochi sifatida shuhrat qozongan. Uning ijodiy tafakkuri shakllanishiga Mendelsonlar oilasi bilan yaqindan tanish boʻlgan I. Gyote, G. Gegel, G. Geyne, aka-uka Gumboldtlar taʼsir oʻtkazishgan. 1820—30 y. lari … Читать далее

MEKSIKA UNIVERSITETI

MEKSIKA UNIVERSITETI, Meksika milliy muxtor universitet i — Meksikadagi eng yirik un-t. Mexiko sh. da joylashgan. Qirol Karl V farmoniga muvofiq, 1551-y. tashkil etilgan. 1929-y. dan Meksika milliy muxtor unti deb ataladi. Huquq, falsafa, tabiiy fanlar, tibbiyot, kimyo, muhandislik ishi, siyosiy va ijtimoiy fanlar va b. sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 330 mingga yaqin talaba taʼlim … Читать далее

MEJOV Vladimir Izmailovich

MEJOV Vladimir Izmailovich [1830.17(29).5, Saratov – 1894.17(29).5, Peterburg)] — bibliograf. Peterburg ommaviy kutubxonasida ishlagan (1851— 60). Mejov tarix, geogr., etnografiya, huquq, adabiyotga oid bir qancha bibliografik asarlar yaratgan. Uning, ayniqsa, 416 jildli Oʻrta Osiyo va Turkiston oʻlkasiga oid asarlar va maqolalar toʻplami — «Turkiston toʻplami» mashhur (unga ilova etilgan 3 jildli sistemali va alfavitli koʻrsatkich … Читать далее

MUSHEL Georgiy Aleksandrovich

MUSHEL Georgiy Aleksandrovich (1909.29.7, Tambov – 1989.27.12, Toshkent) — kompozitor, pianinochi, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). Moskva konser-vatoriyasini tugatgach (1936), Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi, prof. (1976). Oʻz ijodida Yevropa kompozitorlik (mas, M. Ravel, S. Prokofyev) musiqasi anʼanalarini davom ettirib, oʻzbek musiqa merosiga xos usul va ohanglarga, shakl va uslublarga ijodiy tayangan. Oʻzbekistonda birinchilar katori … Читать далее

MUSIQA IJROCHILIGI

MUSIQA IJROCHILIGI — ijod turi; musiqa asarlarini xonanda yoki sozanda tomonidan badiiy talqinda ijro etilishi. Musiqa ijrochiligi vokal, cholgu yoki aralash (vokal-cholgʻu), ijrochilar soniga koʻra yakkaxon (yakkanavoz), ansambl, orkestr, xor ijrochiligiga ajratiladi. Ijrochining uslubi, uning saviyasi, maxrrati va b. ga karab asar mazmuni ijrochilik vositalari (artikulyatsiya, dinamika, surʼat, agogika va b.) yordamida turlicha ifodalanishi mumkin. … Читать далее

PYORSELL

PYORSELL (Purcell) Genri( taxm. 1659 — London — 1695.21.11) — ingliz kompozitori va organchi. Milliy kompozitorlik maktabi namoyandasi, milliy opera asoschisi («Didona va Eney», 1689). Uygʻonish davri imitatsiyali hamda yordamchi ovozli polifoniya vositalari b-n rang-barang garmoniya hamda gomofoniya unsurlarini oʻziga xos tarzda chatishtirib, yaxlit uslub yaratgan. Kuylar xalkchilligi va nafisligi, ingliz ogʻzaki nutqi intonatsiyalarini mahorat … Читать далее

MUSIQALI FILM

MUSIQALI FILM — kino va televideniye asari; unda musiqa asosiy oʻrinni egallab, filmning janri va dramatik qurilishini belgilaydi, syujet rivojlanishi, asar gʻoyasi va qahramonlar ichki dunyosini ochishga xizmat qiladi. 20-y. larning oxirida ovozli kino bilan bir vaqtda Musiqali film ham rivojlana boshladi. Rivojlanishning turli bosqichlarida Musiqali filmning tuzilishi oʻzgarib bordi. Dramaturgiya, musiqa, vokal, xoreografiya va … Читать далее