MEJOV Vladimir Izmailovich

MEJOV Vladimir Izmailovich [1830.17(29).5, Saratov – 1894.17(29).5, Peterburg)] — bibliograf. Peterburg ommaviy kutubxonasida ishlagan (1851— 60). Mejov tarix, geogr., etnografiya, huquq, adabiyotga oid bir qancha bibliografik asarlar yaratgan. Uning, ayniqsa, 416 jildli Oʻrta Osiyo va Turkiston oʻlkasiga oid asarlar va maqolalar toʻplami — «Turkiston toʻplami» mashhur (unga ilova etilgan 3 jildli sistemali va alfavitli koʻrsatkich ham mustaqil bibliografik ahamiyatga ega). Bu toʻplam Oʻrta Osiyoning hamma sohasiga oid 1867—87 y. lardagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan eng boy manba hisoblanadi. Mazkur asar Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi fondida saqlanadi.

As: Bibliografiya Azii, 1—2-j. lar, T., 1891-94.

Ad.: Kasыmova A. G., Bibliotechnoye delo v Uzbekistane, T.. 1968.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x