MASAL

MASAL (arab. — namuna, misol) — didaktik adabiyot janri. Taʼlimiy xarakterdagi, aksariyat kichik sheʼriy, baʼzan nasriy shakldagi asar. M. da insonga xos xususiyatlar, jamiyatga xos ijtimoiy hodisalar, munosabatlar qushlar, hayvonlar orasidagi munosabatlar va tabiat hodisalari vositasida aks ettiriladi. Mazmuni majoz asosiga quriladi, komiklikning va ki-noyaning, ijtimoiy tanqid motivining ustunligi Masalga hajviy ruh bagʻishlaydi. Masalning hikoya qismi hayvonlar haqidagi ertaklar, novella yoki latifalarta yaqin boʻlib, xotimasi, taʼlimiy xulosasi maqol, hikmatli soʻz va iboralar tarzida boʻladi. Masal materiallari aksariyat ertak, majoz, novella, latifa va b. da ham qoʻllanishi mumkin. Ramzli hikoyadan farqli ravishda Masalning oʻz anʼanaviy obrazlar va motivlar doirasi mavjud boʻladi (hayvonlar, oʻsimliklar, qushlar, muayyan tizimdagi odamlar va h. k.). M. janri unsurlari juda qadimdan maʼlum. Uning namunalari «Kalila va Dimna» (Panchatantra, 3-a.) tarkibida uchraydi. Masallar Farididdin Attor, Rumiy, Navoiy asarlarida tamsil uchun ishlatilgan. Gulxaniy «Zarbulmasal» asarida Masaldan mohirlik bilan foydalangan. Qad. yunon adabiyotida Ezop (mil. 6—5-a. lar), Rim adabiyotida Fedr (mil. av. 1-a.), fransuz adabiyotida Lafonten (17-a.), rus adabiyotida Krilov bu janrning yetuk namoyandalari sifatida shuhrat qozonganlar. Rus adabiyotida D. Bedniy, S. Marshak, S. Mixalqov Masalning ajoyib namunalarini yaratdidar. Zamonaviy oʻzbek adabiyotida S. Abduqahhor, O. Qoʻchqorbekov, Ya. Qurbonov va b. M. janrini rivojlantirdilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x