MUSHEL Georgiy Aleksandrovich

MUSHEL Georgiy Aleksandrovich (1909.29.7, Tambov – 1989.27.12, Toshkent) — kompozitor, pianinochi, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). Moskva konser-vatoriyasini tugatgach (1936), Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi, prof. (1976). Oʻz ijodida Yevropa kompozitorlik (mas, M. Ravel, S. Prokofyev) musiqasi anʼanalarini davom ettirib, oʻzbek musiqa merosiga xos usul va ohanglarga, shakl va uslublarga ijodiy tayangan. Oʻzbekistonda birinchilar katori simfoniya (1938), balet, kamer musiqa janrlari rivojiga asos solgan. «Farxrd va Shirin» operasi (V. Uspenskiy bilan hamkorlikda, 1957), «Muqimiy» (1953), «Ravshan va Zulxumor» (T. Jalilov b-n, 1957) kabi musiqali dramalar, «Raqqosa» (1952), «Vaxt guli» (1959), «Kashmir afsonasi» (1961), «Samarqand haqida afsona» (1971) baletlari, 3 simfoniya, fortepiano va orkestr uchun 6 konsert, skripka va orkestr uchun konsert, organ asarlari, kamer musiqa (jumladan, «24 prelyudiya va fuga», 1975), romans, qoʻshiq, kinofilmlarga musiqalar muallifi. Mushel rassom sifatida turli janrlarda 100 dan ortiq tasviriy asar yaratgan. Toshkentda Mushel nomidagi yosh musiqachilar tanlovi oʻtkaziladi (1994-y. dan).

Ad.: Pekker Ya., Georgiy Mushel, Mushel, 1966.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x