PYORSELL

PYORSELL (Purcell) Genri( taxm. 1659London — 1695.21.11) — ingliz kompozitori va organchi. Milliy kompozitorlik maktabi namoyandasi, milliy opera asoschisi («Didona va Eney», 1689). Uygʻonish davri imitatsiyali hamda yordamchi ovozli polifoniya vositalari b-n rang-barang garmoniya hamda gomofoniya unsurlarini oʻziga xos tarzda chatishtirib, yaxlit uslub yaratgan. Kuylar xalkchilligi va nafisligi, ingliz ogʻzaki nutqi intonatsiyalarini mahorat bilan qayta ishlaganligi bilan ajralib turadi. Qoʻshiqlar, xor va musikali teatr asarlari, kamer-cholgʻu asar (triosonata, fantaziya, pyesa)lar va b. muallifi. Angliyada bi-rinchi boʻlib Sharq mavzulariga muro-jat etgan: «Hindlar qirolichasi» ope-rasi (1695), «Abdulazir, yohud Mavr qasdi» pyesasiga musiqasi (1695) va b. 1876-y. dan Angliyada Pyorsell jamiyati faoliyat koʻrsatmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x