MUHAMMAD YUSUF MUNSHIY

MUHAMMAD YUSUF MUNSHIY ibn Xoʻja Baqo (17-a.) — balxlik tarixchi olim, ashtarxonishshraan. Subhonqulixon (hukmronligi: 1680—1702; Balx hokimi: 1651—80), shuningdek, Muhammad Muqimxon (Balx hokimi: 1702—07) saroylarida munshiy boʻlib xizmat qilgan. U Muhammad Muqimxonga bagʻishlangan «Muqimxon tarixi» («Tarixi Muqimxoniy», 1697—1704) asarida Balx va qisman Buxoro xonli-gmning 17-a. dagi ijtimoiysiyosiy tarixini bayon etadi. Bu asar mukaddima va 3 … Читать далее

MUTRIBIY

MUTRIBIY, Noiy (taxalluslari; asl ism-sharifi Mavlono Sultonmuhammad Mutribiy Noiy Samarqandiy) (1558, Samarqand — 17-a. ning 30-y. lari) — shoir, adabiyotshunos, xattot va sozanda. Forsiyda ijod qilgan. Samarqand maktab va madrasalarida oʻqigan. Maʼlumotini oshirish uchun Buxoroga borib, zamonasining yetuk olimlari qoʻlida taʼlim olgan. 16a. oxirida Samarqandga qaytib, ijod b-n shugʻullangan. Mutribiyning Samarqandda tuzgan «Tazkirat ush-shuaro» (1605) … Читать далее

MIRXOND

MIRXOND, Mir Muhammad ibn Sayid Burhonuddin Xovand-shoh ibn Kamoliddin Maxmud (1433.22.6 — 1498.24.2) — tarixchi olim. Ota-bobolari asli buxorolik boʻlib, fiqh ilmida mashhur boʻlishgan. M. Buxoroda madrasani tugatib, otasi vafotidan keyin Hirotga kelgan. Alisher Navoiy M. ga yirik bir tarixiy asar yozishni topshirgan. Unga Xalosiya xonaqohida joy, maosh tay-inlab, oʻzining boy kutubxonasidan foydalanish uchun imkon … Читать далее

PRIMITIV

PRIMITIV (lot. primitivus — birinchi, eng dastlabki) — sanʼat taraqqiyotining ilk davrida yaratilgan asar. «Primitiv» tushunchasi 18—19-a. lar estetika va sanʼatshunosligida sanʼat taraqqiyotining «goʻdaklik» va «yetuklik» bosqichlarini qaramaqarshi qoʻyilishidan yuzaga kelgan. Primitiv (ayniqsa, 18-a. dan) hukmron uslub asarlari bilan qiyoslanganda obraz tuzilishining yaxlitligi va sodda koʻrinishining yaqqol koʻzga tashlanishi b-n oʻziga jalb qilishi mumkin. Zamonaviy … Читать далее

MICHIGAN UNIVERSITETI

MICHIGAN UNIVERSITETI — AKSH dagi yetakchi oʻquv va ilmiy markazlardan biri. 1817-y. Detroyt sh. da tashkil etilgan. Dastlab oliy oʻquv yurti makrmiga ega boʻlmagan. Oliy oʻkuv yurti si-fatida 1837-y. Ann-Arbor sh. da taʼsis etilgan. Meʼmorlik, muxdndislik, adabiyot, sanʼat, farmatsevtika, stomatologiya, ped., huquq, kutubxonashunoslik, tibbiyot, musiqa, jamiyatshunoslik hamda ijtimoiy munosabatlar va b. sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. … Читать далее

MIRZO GʻOLIB

MIRZO GʻOLIB, Mirzo Asadullaxon Gʻolib [1797.27.12, Akbar-obod (hoz. Agra) — 1869.15.2, Dexli] — shoir, faylasuf, tarixchi, lugʻatshu-nos olim. Asli samarqandlik. Buvasi Mirzo Qoʻqonbek Xon 1748—49 y. larda Samarqanddan Hindistonga keladi va Lohurda lashkarboshi etib tayinlanadi. Otasi Abdullabek Xon Lakxnau, Haydarobod va Alvarda yollanma harbiy askar boʻlib xizmat qilgan. 15 yoshida Asad va Gʻolib taxalluslarida sheʼrlar … Читать далее

MAZOHIDOVA

MAZOHIDOVA Rahima (1930.8.3, Qoʻqon) — xonanda va aktrisa. Oʻzbekiston xalq artisti (1976). Ijodiy faoliyatini Mazohidova Qoʻldoshev raxbarligidagi badiiy havaskorlik toʻgaragida boshlagan (1948-54). Qoʻqon musiqali drama teatrida ishlagan (1954 — 94). Qoʻqon shahar 1-madaniyat uyi koshida «Omon yor» ayollar folklor ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari (1981 i. dan). Teatrda Zebo (U. Hojibekov, «Arshin mol olon»), Tojiniso … Читать далее

MAJOLIS UN-NAFOIS

«MAJOLIS UN-NAFOIS» («Nafislar majlislari») — Alisher Navoiy tazkirasi (1490—91; 1497—98 y. da qayta ishlangan). Turkiy tazkirachilikning ilk namunasi. Asarda 15-a. da Xuroson va qoʻshni mamlakatlarda yashagan shoir, yozuvchi va olimlar (jami 459 kishi) ijodiga oid qisqa maʼlumotlar berilgan. Maʼlumotlar yillar, geografik oʻrinlar hamda sulolaviy tartiblarga tayanib joylashtirilgan. 8 kiyem — «majlis»dan iborat. 1—2majlislarda muallifning salaflari … Читать далее

MUHAMMAD MIROLIM BUXORIY

MUHAMMAD MIROLIM BUXORIY (19-a.) — buxorolik tarixchi olim. Amir Nasrullaxon (hukmronligi: 1826—1860) davrida Huzor (Gʻuzor) hokimi Muhammad Olimbekning xizmatida boʻlgan va uning topshirigʻi b-n «Fathnomai Sultoniy» («Sulton fath-nomasi») tarixiy kitobini yozgan. Asar muqaddima va 29 bobdan iborat. U amir Shoxmurod (hukmronligi: 1785—1800) davridan to amir Nasrullaxon hukmronligining dastlabki yillarigacha Buxoro amirligida boʻlib oʻtgan voqealarni oʻz … Читать далее

MADRID UNIVERSITETI

MADRID UNIVERSITETI — Ispaniyadagi yirik oliy oʻquv yurti. Alkalade Enares (1508) va Madriddagi Markaziy un-t (1821)larni birlashtirish (1836) natijasida tashkil topgan. 1850-y. dan Madrid universiteti deb ataladi. Falsafa, filol., tabiiy fanlar, huquq, tibbiyot, farmatsevtika, veterinariya, siyosiy va iqtisodiy fanlar, psixologiya va psixotexnika, statistika, stomatologiya, sud tibbiyoti, amaliy yurisprudensiya, qiyosiy huquq, aloqa, dengiz floti, sotsiologiya va … Читать далее