MARKS

MARKS (Marx) Karl (1818. 5.5, Trir — 1883.14.3, London) — nemis faylasufi, iqtisodchi, jamiyatshunos, marksizm asoschisi. Advokat oilasida tugʻildi. 1835—41 y. larda Bonn va Berlin untlarining yuridik f-tlarida oʻqidi. Falsafiy qarashlari yosh gegelchilar taʼsirida shakllandi. 1842-y. «Reyn gazetasi» (Kyoln)ga muharrirlik qildi. 1843-y. Parijga koʻchib keldi. Bu yerda F. Engels bilan doʻstlashdi (1844) va u bilan birgalikda yozgan «Muqaddas oila» asari (1845) tuzumni oʻzgartirishga shaylangan proletariatning nazariya va taktikasiga bagʻishlandi.

Prussiya hukumatining tazyiqi tufayli Parijdan chiqarib yuborilgach, Bryusselga keldi. Bu yerda Engels bilan hamkorlikda yaratgan «Nemis mafkurasi» (1845—46) asarida dialektik va tarixiy materializmning asosiy qoidalari bayon etilgan.

Marksning «Falsafa qashshoqligi» (1847) asarida esa tarixiy materializm va proletar siyosiy iqtisodi asoslari yoritilgan. «Kommunistlar uyushmasi» xalqaro tashkilotining ishida faol qatnashgan Marks va Engels bu tashkilotning dasturi — «Kommunistik partiya manifesti»ni yozdilar (1848). Fransiyada 1848-y. inqilobi boshlangandan keyin Belgiya hukumati Marksni qamoqqa oldi va mamlakatdan chiqarib yubordi. M. Parijga kelib, Kommunistlar uyushmasining yangi MKni tuzdi. Apr. da Marks va Engels Kyolnga joʻnadilar, bu yerda Marks «Yangi Reyn gazetasi»ga bosh muharrir boʻldi. 1849-y. mayida Prussiya hukumati Marksni badargʻa qilib, gazetani yopdi. Marks 1849-y. avg. da Londonga koʻchib bordi va umrining oxirigacha oʻsha yerda yashadi. Bu yerda Engelsning moddiy yordami bilan nazariyotchilik va jamoatchilik faoli-yatini davom ettirdi.

Marks 1 – Internatsional (1864—76)ning tashkilotchisi va yetakchisi edi. 1867-y. M. ning asosiy asari «Kapital» (1jildi) bosilib chikdi; M. uning key-ingi jildlarini tugata olmadi. Ularni Engels nashrga tayyorladi (2jild, 1885; 3jild, 1894). Bu asar marksizm iqtisodiyoti va sinfiy kurash nazariyasiga oid asosiy kitob hisoblanadi. Marksning boshqa asarlari: «Lui Bonapartning oʻn sakkizinchi bryumeri» (1852), «Siyosiy iqtisod tanqidiga doyr» (1859), «Fransiyada fuqarolar urushi» (1871), «Gota dasturini tanqid» (1875).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x