BAGʻDOD MINIATYURASI

BAGʻDOD MINIATYURASI — 10 – 13-a. larda arab qoʻlyozmalariga ishlangan rasm va bezaklar, arab mamlakatlarida xalifalik iiqirozidan keyingi davrlarda yuzaga kelgan oʻziga xos uslub va mazmunga ega boʻlgan tasviriy sanʼat turi. Oʻrta asrlarda Yaqin Sharq ras-somligi taraqqiyotida muhim bosqichni tashkil etgan Bagʻdod miniatyurasi Misrdan koʻchib oʻtgan rassomlar (12-a.), sharqiy xristian do-iralari sanʼati, Eron badiiy anʼanalari, … Читать далее

BETSON

BETSON, Beytson (Bateson) Uilyam (1861.8.8, Uitbi1926.8.2, Merton) — ingliz biologi, genetika asoschilaridan biri. «Genetika» atamasini ham Betson taklif etgan (1907). Kembrij unti prof. (1908—10). Ilmiy ishlari chogʻishtirma anatomiya va irsiyat masalalariga oid. «Borliq — yoʻqlik» nazariyasini ilgari surgan (1905). Bu nazariyada u organizmlarda ularning rivojlanishini tormozlab qoʻyadigan omillar yoʻqolishi bilan yangi belgilar paydo boʻlishini tushuntirib … Читать далее

BRONXIAL ASTMA

BRONXIAL ASTMA (yun. asthma boʻgʻilish) , ziqnafas — mayda bronxlarning torayishi, shilliq pardasining koʻchishi va ichiga shilimshiq tiqilishi, bronxial oʻtkazuvchanlikning buzilishi, harakat faoliyatining izdan chiqishi natijasida vaqtbevaqt nafas qisishi va boʻgʻilish xuruji bilan oʻtadigan allergik kasallik (q. Allergiya). B. a., odatda, toʻsatdan, aksari kechasi tutib, bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi. Bronxial astma … Читать далее

BRASS

BRASS (frans. brasse, bras — qoʻl soʻzidan) — koʻkrakda suzish usuli. Bunda qoʻl va oyoq bir vaqtning oʻzida (qoʻl suvdan chiqmagan holda) gorizontal tekislikda harakat qiladi. Oyoq harakati suzayotgan baqaning harakatlariga oʻxshab ketadi. Brass eng qad. suzish usuli boʻlib, u 16-a. 1-yarmidan maʼlum. 1904-y. dan erkaklar, 1924-y. dan ayollar oʻrtasida olimpiada musobaqalari dasturiga kiritilgan. Brass … Читать далее

VIZER

VIZER (Wieser) Fridrix (1851.10.7, Vena — 1926.22.7, Sankt Gilgen) — Avstriya iqtisodchisi, siyosiy iqtisoddagi Avstriya maktabi namoyandasi. 1903-y. dan Vena un-tida siyosiy iqtisod prof. U K. Menger va E. ByomBaverk bilan birgalikda meʼyoriy naflik nazariyasini ishlab chiqdi va mazkur atamani fanga kiritdi (q. Meʼyoriy naflik nazariyasi). Marksning qiymatning mehnat nazariyasi va qoʻshimcha qiymat nazariyasini rad … Читать далее

BUDDIZM

BUDDIZM (Budda nomidan olingan) , Buddaviylik — jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga eʼtiqod qiluvchilar taxm. 500 mln. dan ortiq. Mil. av. 6—5-a. larda Hindistonda paydo boʻlgan. Markaziy Osiyo, Jan. Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzok. Sharqda tarqalgan. Hoz. kunda B. Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kamboja, Vyetnam, Tibet, … Читать далее

VAKOLAT

VAKOLAT — vakilning Vakolat beruvchiga fuqarolik hukuq va majburiyatlar vujudga keltirishi, oʻzgartirishi va bekor qilishi uchun asos, yaʼni huqukdir. Vakolat ishonchnoma, qonun, sud karori yoki maʼmuriy akt (hujjat) asosida yuzaga keladi. Qoida ta-riqasida, vakil uz Vakolat ini Vakolat beruvchining huquq va qonuniy manfaatlarini koʻzlab, amalga oshirishga majbur. Vakil Vakolat beruvchi shaxe nomidan shaxsan oʻz foydasiga … Читать далее

BERUNIY

BERUNIY Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad (973.4.9, qad. Kot (Kat) sh. — 1048.11.12. Gʻazna (hoz. Afgʻonistonda) — ulugʻ oʻzbek mutafakkir olimi, oʻrta asrning buyuk daholaridan. Oʻz zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot (astronomiya), fizika, riyoziyot (mat.), ilohiyot, maʼdanshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy … Читать далее

VEDANTA

VEDANTA (sanskritcha aynan — vedalarning oxiri) — Hindistonda tarqalgan diniy-falsafiy oqim. Mil. av. 4-a. da hind mutafakkiri Badarayana asos solgan. Vedantaga, keng maʼnoda Vedantaning oʻzi, purvamimansa, vishnuizm hamda shivaizmnnng baʼzi taʼlimotlari kiradi. Vedanta tarafdorlari koʻp xudolar asta-sekin yagona xudoga aylanadi, yagona xudo hayot nafasi, umumolamning «Men»i, yaʼni «mutlaq borliq» — Brahmaair, hamma parsa Brahmadan paydo … Читать далее

BUGʻ TAQSIMLASH

BUGʻ TAQSIMLASH — bugʻ mashinasi silindriga yangi bugʻ berish va undan ishlatilgan bugʻni chiqarish jarayonlarini boshqarish. Silindrning kiritish va chiqarish kanallarini zolotniklar, klapanlar, bevosita porshenning oʻzi (toʻgʻri oqimli mashinalarda) yoki joʻmraklar yordamida (porshenning harakat qonuniga aniq amal qilgan holda) navbatmanavbat ochib va yopib amalga oshiriladi. Пост Навигацияси