VIZER

VIZER (Wieser) Fridrix (1851.10.7, Vena — 1926.22.7, Sankt Gilgen) — Avstriya iqtisodchisi, siyosiy iqtisoddagi Avstriya maktabi namoyandasi. 1903-y. dan Vena un-tida siyosiy iqtisod prof. U K. Menger va E. ByomBaverk bilan birgalikda meʼyoriy naflik nazariyasini ishlab chiqdi va mazkur atamani fanga kiritdi (q. Meʼyoriy naflik nazariyasi). Marksning qiymatning mehnat nazariyasi va qoʻshimcha qiymat nazariyasini rad etishga harakat qildi. Vizer yaratilgan mahsulotning i. ch. ning 3 omili — mehnat, yer va kapital hissasiga toʻgʻri keladigan muayyan qismlari qiymati nazariyasini yaratdi. U kiymat, pul va real daromadlar nisbatiga qarab belgilanadigan pul nazariyasini ilgari surdi. Vizer qarashlari Gʻarb mamlakatlaridagi iqtisodiyot faыiga katta taʼsir koʻrsatgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x