VEDANTA

VEDANTA (sanskritcha aynan — vedalarning oxiri) — Hindistonda tarqalgan diniy-falsafiy oqim. Mil. av. 4-a. da hind mutafakkiri Badarayana asos solgan. Vedantaga, keng maʼnoda Vedantaning oʻzi, purvamimansa, vishnuizm hamda shivaizmnnng baʼzi taʼlimotlari kiradi. Vedanta tarafdorlari koʻp xudolar asta-sekin yagona xudoga aylanadi, yagona xudo hayot nafasi, umumolamning «Men»i, yaʼni «mutlaq borliq» — Brahmaair, hamma parsa Brahmadan paydo boʻladi, degan fikrni olgʻa suradilar. Ularning fikricha, Brahma hamma narsani biladi, hamma narsa undan yaraladi, hatto inson ham ong sifatida unga qoʻshilib ketadi. Vedanta brahmanizmga, keyinroq hinduizmga falsafiy asos boʻladi. Vedantaning oʻrta asrlardagi namoyandalari Shankara, Ramanuja edi. 19-a. da Ramakrishna va Vivekananda V. gʻoyalarini Hindiston voqeligi b-n bogʻlashga harakat qildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x