BRASS

BRASS (frans. brasse, bras — qoʻl soʻzidan) — koʻkrakda suzish usuli. Bunda qoʻl va oyoq bir vaqtning oʻzida (qoʻl suvdan chiqmagan holda) gorizontal tekislikda harakat qiladi. Oyoq harakati suzayotgan baqaning harakatlariga oʻxshab ketadi. Brass eng qad. suzish usuli boʻlib, u 16-a. 1-yarmidan maʼlum. 1904-y. dan erkaklar, 1924-y. dan ayollar oʻrtasida olimpiada musobaqalari dasturiga kiritilgan. Brass usulida suzish boʻiicha oʻzbekistonlik Svetlana Babanina jahon rekordchisi boʻlgan. Shuningdek xalqaro sport ustalari Larisa Belakon, Leonid Kolesnikov, Temur Podmarev ham Oʻzbekistonning mashhur Brass chi suzuvchilaridir.

Bolalar umurtqasi qiyshayganda, ularda bukirsimonlik sezylganda Brass usulida suzish bilan shugʻullanish yordam beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x