KOʻHNA URGANCH

KOʻHNA URGANCH — Turkmanistonning Toshhovoʻz viloyatidagi shahar (1986-y. dan). Koʻhna Urganch tumanining maʼmuriy markazi. Xoʻjayli t. y. stansiyasidan 35 km, Toshhovoʻz sh. dan 105 km shim.gʻarbda. Aholisi 31,4 ming kishi (2000). Koʻhna Urganchda paxta tozalash, sut, yogʻ-ekstraksiya z-dlari, Toshhovoʻz gilam f-kasining filiali, aloqa boʻlimi, savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. 7 umumiy taʼlim maktablari, … Читать далее

MUZAFFAR

MUZAFFAR (1819 — Buxoro — 1885) — Buxoro amiri (1860.23.9 — 1885.13.12). Manttlardan Nasrullaxonning oʻgʻli. Otasi davrida Karmanaga hokimlik qilgan. Amir Nasrulla vafotidan soʻng, Buxoro taxtiga oʻtirgan. Otasi tomonidan Karmanaga surgun qilingan kishilarni Buxoroga kaytarib, yuqori lavozimlarga tayinlagan. Markaziy hokimiyatga boʻysunishni istamayotgan Hisor, Shaxrisabz, Darvoz, Koʻlob, Baljuvon bekliklari va Qoʻqon ustiga yurish qilib, ularning qarshiligini … Читать далее

XOJA AHROR

XOJA AHROR (taxallusi; asl ismi Xoja Ubaydulloh ibn Xoja Mahmud ibn Xoja Shahobiddin Shoshiy) (1404, hoz. Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani Bogʻiston qishlogʻi — 1490, Samarqand) — oʻrtaosiyolik mutafakkir, naqshbandiya tariqati rahnamolaridan. Otasi shayx Xoja Mahmud naqshbandiyaning xojagon sulukida boʻlgan, tijorat va ziroat ishlari bilan shugʻullangan. Shayx Xovandi Tohur ona tomondan uning bobosidir. Xoja Ahrorning bolalik … Читать далее

TERMIZ

TERMIZ — Surxondaryo viloyatidagn shahar. Viloyat markazi. Amudaryoning oʻng sohilida, Oʻzbekistonning jan. qismida, Afgʻoniston chegarasiga yaqin, oʻrtacha 310 m balandlikda joylashgan. Xalqaro daryo porti. Termiz stansiyasi. Toshkentdan 708 km. Mayd. 27,8 km2. Aholisi 119,6 ming kishi (2004). Iklimi kontinental, issiq va quruq, yozi jazirama issiq (Oʻzbekistondagi eng issiq shahar — eng yuqori t-ra 49,5°, 1914-y. … Читать далее

XILVATIY

XILVATIY (taxallusi; asl ismi Mulla Yoʻldosh Toʻraboy oʻgʻli) (1858 — hoz. Namangan viloyati Uychi tumani Jiydakapa qishlogʻi — 1921) — shoir. Namangandagi Azizxoʻja madrasasida mudarris va bosh mudarris boʻlgan. Oʻzbek va fors tillarida ijod qilgan. Sheʼrlarida Bedil, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy anʼanalarini davom ettirgan, ularga nazira, tatabbuʼ va muxammaslar bogʻlagan. Xilvatiydan bizgacha 2 ta dastxat (shoir … Читать далее

XOʻJAYEVLAR

XOʻJAYEVLAR — oʻzbek sirk artistlari sulolasi. Zamonaviy oʻzbek sirkida chavandozlik va ot urgatish janri rivojiga katta hissa qoʻshishgan. Sulola asoschisi — Xoʻjayev Muhammad (taxallusi «Chaqqon») (1886, Qoʻqon — 1971. 28.2, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1939). Ijodiy faoliyatini 8 yoshidan Baratboy rahbarligidagi sirk guruhida boshlab, muallakchilik, havo gimnastikasi va masxarabozlik uyinlarida ishtirok etgan. 1900-y. dan … Читать далее

MADOINIY

MADOINIY Abulhasan Ali ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Abu Sayf (9-a. ning 1-yarmi) — tarixchi va adib. Basrada taʼlim olgan. Birmuncha vakt Madoin (Mesopotamiya)da turgan (M. nisbasi ham shundan), Bagʻdodda yashagan. Ibn anNadim «Fehrist» («Mundarija») nomli asarida Madoiniy toʻgʻrisida eslatib oʻtgan. Madoiniy islom, xalifalik tarixi, bosqinchilik urushlari, qoʻzgʻolonlar hamda oʻlka va shaharlar tarixi, Muhammad (sav) … Читать далее

KALOM

KALOM (arab. — ravon nutq, jumla, ran, soʻz) — islom ilohiyot ilmi. 8-a. da arab xalifaligida paydo boʻlgan. Kalom islom diniy taʼlimotini asoslashga harakat qiladi. Kalom tarafdorlari muta-kallimlar deyiladi. Kalom ilohiyotchilari faylasuf boʻlmaganlar. Kalom umaviylar hukmronligi davrida rasmiy hokimiyat bilan xorijiylar, shialar, murjiʼiylar va b. diniy-siyosiy guruxlar orasida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar, bahslar jarayonida paydo … Читать далее

TRIGONOMETRIYA

TRIGONOMETRIYA (yun. trugonon — uchburchak va…metriya) — mat. ning trigonometrik funksiyalarining xossalari, uchburchakning tomonlari bilan burchaklari orasidagi munosabatlarni oʻrganuvchi boʻlimi. Sinuslar, kosinuslar, tangenslar teoremalari Trigonometriyaning asosiy natijalaridan hisoblanadi. Trigonometriya keng amaliy tatbiklarga ega. Trigonometriya mat. da muhim rol oʻynaydi. Muhammad alXorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Battoniy, Abul Vafo, Nasiriddin Tusiy asarlarida Trigonometriyaga asos solingan, Regiomontan rivojlantirgan, … Читать далее

TOSHKENT DARVOZALARI

TOSHKENT DARVOZALARI — oʻrta asrlarda shahar mudofaa devoriga oʻrnatilgan darvozalar. Toshkent darvozalari tarixiy manbalarda Binkat darvozalaridan maʼlum. Ibn Havqalning yozishicha, Binkat ark, shahriston, ichki va tashqi raboddan iborat boʻlib, ularning har biri mudofaa devori bilan oʻrab olingan. Arkning 2 darvozasi, shahristonning Abbos (Abul Abbos), Kesh (Qasr) va Junayd (Gunbaz) deb atalgan 3 ta darvozasi boʻlgan. … Читать далее