MUZAFFAR

MUZAFFAR (1819 — Buxoro — 1885) — Buxoro amiri (1860.23.9 — 1885.13.12). Manttlardan Nasrullaxonning oʻgʻli. Otasi davrida Karmanaga hokimlik qilgan. Amir Nasrulla vafotidan soʻng, Buxoro taxtiga oʻtirgan. Otasi tomonidan Karmanaga surgun qilingan kishilarni Buxoroga kaytarib, yuqori lavozimlarga tayinlagan. Markaziy hokimiyatga boʻysunishni istamayotgan Hisor, Shaxrisabz, Darvoz, Koʻlob, Baljuvon bekliklari va Qoʻqon ustiga yurish qilib, ularning qarshiligini yengdi (1863—65). Mallaxon tomonidan taxtdan tushirilgan Qoʻkrn xoni Xudoyorxon Buxoroga qochib kelganida xonlik taxtini qayta egallashi uchun unga harbiy yordam bergan (1861). Muzaffarning hukmronlik davri Rossiyaning Oʻrta Osiyo xonliklariga qarshi harbiy harakatlari kuchaygan davrga toʻgri keladi. Rossiya b-n boʻlgan kelishmovchiliklarni tinch yoʻl bilan bartaraf etishdan umidini uzmay, u Najmiddinxoʻja boshliq elchilarni Peterburgga joʻnatdi (1865-y. iyul). Birok., koʻzlangan maqsadga erishilmay, ikki oʻrtada harbiy harakatlar boshlandi. Muzaffar qoʻshini bilan general Romanovskiy boshchiligidagi Rossiya qarbiy kuchlari oʻrtasidagi dastlabki toʻqnashuv Jizzax bilan Oʻratepa oʻrtasidagi Erjar (Maydayulgʻun)da boʻlib, unda Buxoro qoʻshini magʻlubiyatga uchragan (1866.8.05). Muzaffar mufti Muhammad Porso boshchiligidagi elchilarni Afgʻoniston va Hindiston orqali yordam soʻrab Istanbulga yuborsa ham, rad javobini olgan.. 1868-y. 2—3-iyunda Zirabuloq jangiaya magʻlubiyatga uchragach, 1868-y. 23-iyunda Samarqandda imzolangan Rossiya—Buxoro sulh shartnomasiga koʻra, Buxoro amirligi Rossiyaga tobe bulib qolgan. Oʻgʻli va valiaxd Abdulmalik (Katta tura) Rossiya bosqini va otasi hukmronligiga qarshi Shaxrisabz va Kitobda qoʻzgʻolon koʻtarganda Muzaffar rus qoʻshinlari yordamida uni bostirgan (1870). Muzaffar davrida Buxoro amirligining Rossiyaga qaramligi kuchayishi bilan bir qatorda agialarning taʼsiri ham ortgan. Buxorodagi Eshon Imlo mozorida dafn etilgan Muzaffar faoliyati Ahmad Donish, Mirzo Abdulazim Somiy Bustoniy, Mirzo Salimbek, S. Ayniy, Fitrat kabi buxorolik tarixchilar asarlarida oʻzining talqinini topgan.

Ad.: Mirza Abdalazim Sami,Tarix-i salatin-i mangitiyya, Muzaffar, 1962; Traktat Axmad Danisha, Istoriya mangitskoy dinastii, Dushanbe, 1967; Ai ni S, Istoriya mangыtskix emirov [Sobraniye sochineniy, t. 6 (v 6 tomax)], M., 1975; Fitrat, Amir Olimxonning hukmronlik davri, T., 1992.

Qahramon Rajabov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x