MADOINIY

MADOINIY Abulhasan Ali ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Abu Sayf (9-a. ning 1-yarmi) — tarixchi va adib. Basrada taʼlim olgan. Birmuncha vakt Madoin (Mesopotamiya)da turgan (M. nisbasi ham shundan), Bagʻdodda yashagan. Ibn anNadim «Fehrist» («Mundarija») nomli asarida Madoiniy toʻgʻrisida eslatib oʻtgan. Madoiniy islom, xalifalik tarixi, bosqinchilik urushlari, qoʻzgʻolonlar hamda oʻlka va shaharlar tarixi, Muhammad (sav) tarjimayi hollari, adib va shoirlar haqida 239 ta asar yozgan. Madoiniy asarlari keyingi asrlarda yozilgan arab tarixchilarining kitoblariga asosiy manba boʻlib xizmat qilgan. «Axbor ul-xulafo» («Xalifalar xabarlari»), «Axbor quraysh» («Kuraysh qabilasi xabarlari»), «Kitob futuh ash-Shom» («Shomning bosib olinishi haqida kitob»), «Axbor shuaro» («Shoirlar solnomasi»), «Tarix al-buldon» («Oʻlkalar tarixi») kabi asarlar muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x