XOʻJAYEVLAR

XOʻJAYEVLAR — oʻzbek sirk artistlari sulolasi. Zamonaviy oʻzbek sirkida chavandozlik va ot urgatish janri rivojiga katta hissa qoʻshishgan. Sulola asoschisi — Xoʻjayev Muhammad (taxallusi «Chaqqon») (1886, Qoʻqon — 1971. 28.2, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1939). Ijodiy faoliyatini 8 yoshidan Baratboy rahbarligidagi sirk guruhida boshlab, muallakchilik, havo gimnastikasi va masxarabozlik uyinlarida ishtirok etgan. 1900-y. dan namanganlik Mirzaahmad sirkida muallaqchi Qodir Abdullayev bilan ishlagan, 1905-y. dan Mullaboy Mansurov sirkida faoliyatini davom ettirib, qiziqchilar va muallaqchilar guruhlarida qatnashgan, turnikda, bir pogonali va ikki pogonali chigʻiriqda ishlagan. 1919—20 ylar R. Abduxalilov va F. Yupatov sirklarida ishlagan. 1931-y. «Erkinlikdagi otlar» tomoshasini tayyorlab, oʻzbek sirki tarixida eng kuchli ot oʻyinlaridan birini yaratib, koʻp yillar davomida namoyish etdi. Xujayeva Lola (1923.18.9, Samarkand) — chavandoz, it oʻrgatuvchi. Muhammad Xoʻjayevning qizi. Oʻzbekiston xalq artisti (1950). 1931-y. dan otasi rahbarligidagi «Ot ustida voltij» hamda «Chavandozlik» uyinlarida, shuningdek, akrobatlar guruhida qatnashgan. 1934-y. «Ot ustida grotesk» tomoshasini yaratib, unda milliy oʻzbek raqsi plastikasini anʼanaviy chavandozlik tryuklari bilan uzviy bogʻladi. Chopayotgan ot ustida bir necha murakkab uyinlarni yengil va epchil ijro etar edi, masalan, balandga sakrab, tizzaga oʻtirish, soʻzanalar ustidan sakrab oʻtish, otni tortilgan tasmalar ustidan sakratish va b. L. X. bajargan betakror mashklardan biri — chopayotgan otni keng tasma ustidan sakratib, Uzi ham balandliqdagi tasmadan sakragan va yana ot ustiga qaytib tik turgan. 1972-y. dan it oʻrgatuvchi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x