MATNIYOZ DEVONBEGI MADRASASI

MATNIYOZ DEVONBEGI MADRASASI — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1871). Xon devonbegisi Matniyoz (Muhammad Niyoz) qurdirgan. Bosh tarzi Muhammad Aminxon madrasasiga qaragan. Madrasa bir qavatli, toʻgʻri toʻrtburchak tarx^li (36,45×31,8 m). Hovli (21X17 m) atrofida hujralar joylashgan. Bosh tarzi ulkan peshtoqli, uning yonlariga 3 tadan yoysimon ravoqlar ishlangan. Burchaklaridagi minoralar tepasi gumbazli mezanalar bilan yakunlangan. Kiraverishdagi yogʻoch oʻymakorligida … Читать далее

MASʼUD GʻAZNAVIY

MASʼUD GʻAZNAVIY (? – 1041) – Gʻaznaviylar davlati hukmdori (1030 — 41). Maxmud Gʻaznavishshnt oʻgʻli. Masʼud Gʻaznaviy davrida mamlakatda poraxoʻrlik, gʻayriqo-nuniy soliqlar, aholini talash avj olgan. Otasi siyosatini davom ettirgan Masʼud Gʻaznaviy Qoraxoniylar davlati bilan yaxshi qoʻshnichilik aloqalarini saqlab qolishga uringan. Gʻaznaviylarga nomigagina tobe boʻlgan Xorazm amalda mu-staqil edi. Oltingposh vafotidan soʻng Masʼud Xorazmni uning … Читать далее

MOTURIDIY

MOTURIDIY, Abu Mansur alMoturidiy (toʻliq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Maxmud al-hanafiy al-Moturidiy asSamarqandiy) (870 — Samarqand — 944) — imom, fikdolimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. «Imom al-xudo», «Imom al-mutakallimin» («Hidoyat yoʻli imomi», «Mutakallimlar imomi») nomlari bilan ulugʻlangan. Moturid qishlogʻi (hoz. Jomboy tumani)da tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu … Читать далее

MANZARA

MANZARA, peyzaj — tasviriy sanʼ-o/yaning tabiat koʻrinishini aks ettiradigan janri va shu janrda yaratilgan sanʼat asari. Manzarada shahar koʻrinishi yoki meʼmoriy majmualar (meʼmoriy Manzara), dengiz koʻrinishlari (marina) va h. k. ham tasvirlanadi. Atrof muhitni tasvirlayotgan rassom unda oʻzi va zamondoshlarining tabi-atga munosabatlarini ifoda etadi, shu jihatdan yaratilayotgan asar his-tuygʻu va gʻoyaviy mazmunga ega boʻlib, muhim … Читать далее

FOTIMIYLAR XALIFALIGI

FOTIMIYLAR XALIFALIGI, Fotimiylar davlati (909—1171) — Shim. Afrikada fotimiylar sulolasi boshqargan harbiyteokratik davlat. Ifriqiya (Tunis)da ismoiliylar harakati natijasida tugatilgan aglabiylar davlati oʻrniga tuzilgan. 910-y. da Rakkad sh. da ismoiliylardan boʻlgan imom Ubaydulla xalifa va maxdiy deb eʼlon qilingan. 10-a. oʻrtalariga kelib buyuk ismoiliylar davlatini tuzishga intilayotgan fotimiylar butun Shim. Afrikani va Sitsiliyani oʻzlariga boʻysundirib oldi. … Читать далее

IBN

IBN (arab.) — ayrim sharq xalqlarida erkak ismlari tarkibida keluvchi soʻz. Oʻtmishda Turkiston xalqlari oʻrtasida ham qoʻllanilgan. Oʻgʻli maʼnosini ifodalaydi. Mac, Ahmad ibn Muhammad — Muhammad oʻgʻli Ahmad. Ibn izzathurmatini ifodalash uchun (mas, Ibn Sino, Ibn Battuta) yoki shaxsning avlod-ajdodlarini taʼkidlash, sanab koʻrsatish uchun (mas, Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir alfargʻoniy) ham xizmat … Читать далее

KARMINAGIY

KARMINAGIY, Oxund mulla Muhammad Vafo (1685—1769) — tarixnavis olim. «Tuhfai xoniy» asarining muallifi. Asarni mangʻitlar sulolasi asoschisi Muhammad Rahimxon topshirigʻiga binoan tayyorlagan. Shuhrat taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Qozi Vafo nomi bilan ham mashhur boʻlgan. Baʼzi tarixchilar (Mir Muhammad Amin Buxoriy) ning yozishicha, Karminagiy Ubaydullaxon saroyida kitobdor (kutubxonachi)lik qilgan. Keyinchalik Abulfayzxon hamda Muhammad Rahimxon davrida ham … Читать далее

XOJA SAʼDUDDIN

XOJA SAʼDUDDIN, Xoja Saʼd Xoja Kalon Xoja (1531—Buxoro — 1589.23.10. ) — Joʻybor xojalaridan, Buxoro shayx ulislomi. Xoja Muhammad Islomnint oʻgʻli. Otasi vafoti (1563) dan soʻng uning oʻrniga Abdullaxon II tomonidan Buxoro shayx ulislomi qilib tayinlangan. Abdullaxon II X. S. fatvosisiz birorta jiddiy ishga qoʻl urmagan. Xoja Saʼduddinga «Qutblar qutbi» va «Sayyidlar panohi» unvonlari berilgan. … Читать далее

MADDOHLIK

MADDOHLIK (arab, madh — maqtov, taʼrif) — 1) musulmon xalqlarida tarqalgan anʼanaviy aytim yoʻllaridan. Mavzu jihatidan asosan Muhammad (sav), Hazrati Alining hayoti, koʻrgankechirganlari, yurish-turish va feʼlatvorlari haqida badiha tarzida yaratilgan diniy bayt, gʻazal, hikoyatlardan iborat boʻlgan. Maddohlik yoʻllarini 2 — 3 kishidan iborat maddohlar guruhi bayram sayillar (Ramazon hayit va b. kunlari) da, bozor maydonlarida … Читать далее

SEBZOR

SEBZOR — oʻtmishda Toshkentdagi daha nomi. Shaharning shim. gʻarbiy qismida joylashgan. Toshkentning 4 dahasidan biri. Hududi jihatidan eng kichigi. Chegarasi gʻarbdan Sagʻbon va Krrasaroy koʻchalarining oraligʻidan (hoz. Zarqaynar koʻchasining gʻarbidan), jan. dan Jangob arigʻidan oʻtgan. Shaharning shim. va sharq tomondagi mavzelarida (Alvastikoʻprik, Hasanboy, Koʻkterak, Boyqoʻrgʻon, Boltamozor, Gurunchariq va b.) sebzorliklarning dala hovlilari, bogʻlari boʻlgan. Toshkentning … Читать далее