VIBRATSIYA TEXNIKASI

VIBRATSIYA TEXNIKASI — mexanik tebranishlar (titrashlar, vibratsiyalar)ni hosil qilish usullari va vositalari majmui; shuningdek titrashlarni boshqarish, ulchash, nazorat qilish va zararli titrashlar bilan kurashish usullari. Vibratsiya texnikasi vositalariga foydali ishlar (mas., grunt, beton qorishmalarni zichlash, inshoot va apparatlarni sinash ishlari)ni bajarish uchun ataylab hosil qiladigan vibratsiya mashinasi, vibratsiya stendlari, asboblar, apparaturalar, qurilmalar; titrashlarni boshqaradigan va … Читать далее

VERTOLYOT

VERTOLYOT — tikka koʻtariladigan va qoʻnadigan havodan ogʻir uchish apparati; unda koʻtarish kuchini bitta yoki bir nechta (koʻpincha, ikkita) eltuvchi vint vujudga keltiradi. Vertolyot turgan joyidan koʻtariladi, tikkasiga pastlab qoʻnadi, osmonda bir joyda muallaq turishi, vertikal oʻq atrofida istalgan tomonga burilishi, xohlagan yoʻnalishda toʻgʻri uchishi mumkin. Vertolyotni ninachiga qiyosan yasashga koʻp urinishlar boʻlgan. Dastlabki urinish … Читать далее

VOHIDOV Erkin Vohidovich

VOHIDOV Erkin Vohidovich (1936.28.12, Fargʻona viloyati Oltiariq tumani) — shoir, dramaturg, jamoat arbobi. Oʻzbekistan xalq shoiri (1987), Oʻzbekiston Qahramoni (1999). ToshDU filol. f-tini tugatgan (I960). «Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1960—63; 1975—82), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, bosh muharrir (1963—70), direktor (1985 — 87), «Yoshlik» jur. bosh muharriri (1982-85). Ilk, sheʼriy … Читать далее

BOʻSHLIQICHLILAR

BOʻSHLIQICHLILAR, kovakichlilar (Coelenterata) — tuban tuzilgan suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar tipi. Boʻshliqichlilar eng kad. koʻp hujayralilar, vend davridan maʼlum. Koʻpchilik turlari dengizlarda yakka yoki koloniya boʻlib yashaydi. Dengiz B. ning hayot siklida oʻtroq yashovchi polip va erkin suzib yuruvchi meduza davrlari gallanib turadi (metagenez). Ayrim Boʻshliqichlilar (gidralar, korall poliplar) ning meduza davri boʻlmaydi, baʼzi ssifomeduzalar … Читать далее

BALAND MASJID

BALAND MASJID — Buxoro sh. dagi guzar masjidi (16-a.). Bino murabba tarhli (pishiq gʻishtdan qurilgan), qalin devorli. Masjid xarsang toshlar ustiga qurilgan. Baland masjidning shim. va sharqiy tomonlari naqshin shiftli ayvon bilan oʻralgan. Ichki devorlarining pastiga chiroyli izoralar qoplangan. Sharq tomondagi toʻq yashil rangli izoralarga 6 burchakli koʻk sopol koshinlar terilgan. Gʻishtchalar atrofiga nozik oʻsimliksimon … Читать далее

VENA KONGRESSI

VENA KONGRESSI (1814-15) – Napoleon I armiyasi tor-mor etilgach, gʻolib davlatlar Vena sh. da oʻtkazgan anjuman. V. k. da Turkiyadan tashqari barcha Yevropa davlatlari qatnashgan. Maqsad — Napoleon I urushlari natijasida barham topgan tartiblarni va bir necha mamlakatlarda mustabid sulolalarni qayta tiklash, bopapartchilik tuzumiga, inqilobiy harakatlar hamda yangi urushlarga yoʻl qoʻymaslik, gʻolib davlatlarning hududiy daʼvolarini … Читать далее

VEDALAR

VEDALAR (sanskritcha veda — bilim) — Hindiston yozma adabiyotining qad. yodgorligi. Mil. av. 2-ming yillikning oxiri — 1-ming yillikning boshida yaratilib, Vedalar toʻplamlari deb nomlanadi. Bu madaniy yodgorlikdan bizgacha 4 ta kism (samhita): «Rigveda» (qasida, madhiya, duolar toʻplami), «Samaveda» (qoʻshiqlar toʻplami), Ayurveda yoki Yajurveda (qurbonlik qilish yoʻllari), Atharvaveda (sehrli duolar toʻplami) yetib kelgan. Veda adabiyoti … Читать далее

VILYAMS

VILYAMS, Bon Kretyan Vilyame, Bertlet — serhosil oʻrtapishar nok navi. 1796-y. da Angliyada tasodifiy topilgan koʻchatdan chiqarilgan. Oʻrta Osiyo, Rossiyaning jan., Ukraina, Zakavkazye va b. joylarda r-nlashtirilgan. Daraxti oʻrtacha kattalikda (25—30 yoshida bal. 6,5 m, shox shabba kengligi 6,5 m ga yetadi), serbarg, novdalari yoʻgʻon, och sariq. Barglari yirik, gullari oʻrtacha. Mevasi yirik, choʻziqroq. Sirti … Читать далее

BRAK

BRAK (rus. brak — nuqsonli) (ishlab chiqarishda) — davlat standartlari, texnik shartlar, etalonlar va sh. k. ga toʻgʻri kelmaydigan mahsulot. B. asosan tuzatib boʻladigan va tuzatib boʻlmaydigan turlarga boʻlinadi. Mahsulotni texnologik qayta ishlash natijasida uning nuqsonlariga barham berish mumkin boʻlsa, bunday mahsulottuza tib boʻladigan Brak, mahsulotning nuqsonini tuzatish qiyin va iqtisodiy jihatdan nomaqbul deb topilsa, … Читать далее

VEKTOR

VEKTOR (lot. vector — eltuvchi, koʻchuvchi) — toʻgʻri chiziqning yoʻnalishga ega boʻlgan kesmasi. Bu kesma uchlaridan biri Vektorning boshi, ikkinchisi esa oxiri boʻladi. Boshi bilan oxiri ustma-ust tushgan Vektor nol vektor deyiladi. Vektor, odatda, qora harflar yoki ustiga strelka qoʻyilgan oddiy harflar bilan koʻrsa-tiladi, mas., boshi A nuqtada, oxiri V nuqgada boʻlgan Vektor bunday belgilanadi: … Читать далее