GEMIPLEGIYA

GEMIPLEGIYA (gemi… va yun. Piegin — shikastlanish) — gavda oʻng yoki chap yarmining toʻliq falajlanishi. Koʻpincha gipertoniya, ateroskleroz, revmatizm, qand kasalliklarida miyaga qon quyilishi yoki miya qon tomirlarining berkilib qolishi sabab boʻladi. Gemiplegiya miya oʻsmasi, yalliglanishi va jarohatlanishining alomati boʻlishi ham mumkin. Gemiplegiyaga sabab boʻlgan kasallik davolanadi, doridarmomdan tashqari falajlangan oyoq-qoʻl uqalanadi, shifobaxsh fizkultura buyuriladi … Читать далее

BANORAS

BANORAS (Hindistondagi Banoras shahri nomidan) — tanda ipi shoyi, nimshoyi, arqogʻi ipdan toʻqiladigan pishiq mato, toʻqilishi beqasamga oʻxshash. Beqasamdan faqat gullari bilan farq qiladi. Banoras, asosan, kumush rang oq tusli boʻlib, uni zoʻrgʻa koʻrinadigan qoramtir yoʻllar kesib oʻtadi. Banorasning asl vatani Hindiston, Buxoro, Qoʻqon, Samarqand, Namanganda ham qadimdan toʻqiladi. Namangan B. larining kumush rang oq … Читать далее

GVINEYa-BISAU

GVINEYa-BISAU (Guine-Bissau) , Gvineya-Bisau Respublikasi (Republics da Guine-Bissau) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Atlantika okeani sohilida. G.-B. tarkibiga materik qismidan tashqari Bʼlama va Bijagosh o. lari kiradi. Mayd. 36,1 ming km2. Aholisi 1,1 mln. kishi (1990-y. lar oxiri). Poytaxti — Bisau sh. Maʼmuriy jihatdan Bisau muxtor sektori, 8 okrug va 37 tumanga boʻlinadi. Davlat tuzumi. G.-B. … Читать далее

GASTROL

GASTROL (nem. gast — mehmon, rolle — rol) — artist (yoki artistlar jamoasi)ning doimiy ish joyidan tashqari (boshqa tuman, shahar, mamlakat) da tomosha koʻrsatishi, konsert berishi. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida 18-a., ayniqsa 19-a. ning 2-yarmida teatr sanʼati yirik namoyandalarining yakka Gastrol lari avj oldi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida dekoratsiya qurilmalari bilan koʻchib yurib, spektakllar koʻrsatuvchi … Читать далее

VIZANTIYA

VIZANTIYA (Vizantiya imperiyasi) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (4—15-a. lar). Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon ya. o. ning katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gruziya, Xersones, Kipr va Krit o. lari kirgan. Poytaxti — Konstantinopol sh. boʻlgan. … Читать далее

GAZETA

GAZETA (ital. gazzetta — chaqa pul) — kundalik voqealar toʻgʻrisida materiallar eʼlon qilinadigan davriy (vaqtli) bosma nashr. Ommaviy axborot va targʻibotning asosiy vositalaridan biri. Uning vazifasi jamiyatning axborotga boʻlgan ehgiyojini, maʼnaviy intellektual talablarini qondirishdan iborat. Gazeta faqat ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayot obyekti boʻlib qolmay, balki moddiy i. ch. obyekti, i. ch.-iqtisodiy munosabatlar sohasi hamdir. Shu bilan … Читать далее

GAZ KONLARI

GAZ KONLARI — Yer poʻstining maʼlum bir qismidagi aniq tektonik strukturada joylashgan tabiiy gaz uyumlari. Tabiiy gazlar alohida gaz koni holida yoki neft bilan birga (neft-gaz konlari) uchraydi. Gaz konlari koʻp tabaqali va bir tabaqali konlarga boʻlinadi. Koʻp tabaqali Gaz konlari kesmasida bir maydonda turli chuqurlikda ustma-ust joylashgan bir qancha gaz uyumlari boʻladi. Gaz konlari … Читать далее