VERTOLYOT

VERTOLYOT — tikka koʻtariladigan va qoʻnadigan havodan ogʻir uchish apparati; unda koʻtarish kuchini bitta yoki bir nechta (koʻpincha, ikkita) eltuvchi vint vujudga keltiradi. Vertolyot turgan joyidan koʻtariladi, tikkasiga pastlab qoʻnadi, osmonda bir joyda muallaq turishi, vertikal oʻq atrofida istalgan tomonga burilishi, xohlagan yoʻnalishda toʻgʻri uchishi mumkin. Vertolyotni ninachiga qiyosan yasashga koʻp urinishlar boʻlgan. Dastlabki urinish 15-a. ga toʻgʻri keladi. Vertolyotning birinchi rasmi italyan olimi Leonardo da Vinchi qoʻlyozmalaridan birida topilgan. U gelikopter (yun. heliros — spiral, vint va pteron — qanot) yasash gʻoyasini bergan, lekin uni amalga oshirolmagan. Yuqoriga koʻtarila oladigan dastlabki Vertolyot (gelikopter) modelini rus olimi M. V. Lomonosov 1754-y. da yasagan. Unda dvigatel rolini prujina oʻtagan, uning ikki tomonga aylanadigan ikki vinti boʻlgan. Vint-qanotli apparatlar, yaʼni Vertolyotlar yasash gʻoyasini Fransiyada 1835—65 y. larda P. d. ʻ Amerkur va G. de Landell rivojlantirishdi. Rus olimi B. N. Yuryev 1912-y. da havo vinti nazariyasini rivojlantirib, Vertolyot sxemasini taklif qildi va 1930-y. da shu sxema boʻyicha, asosiy elementlari zamonaviy Vertolyot nikiga uxshash bir vintli, bir oʻrinli SAGI 1—EA rusumli jahonda birinchi Vertolyotning tajriba variantani yasadi. Shu bilan u vertolyotsozlikka asos soldi. 1941-y. da u I. P. Bratuxin bilan birga ikki vintli «Omega» vertolyotini yasadi va 1946-y. da uchirib namoyish qildi. Shundan keyin birin-ketin turli rusumdagi Vertolyotlar yasala boshladi. Rossiyada M. L. Mil va N. I. Kamov rahbarligidagi ilmiy-loyihalash muassasasi, AQSHda «Sikorskiy». «Boing», «Bell», «Kaman», Fransiyada «Syudaviasyon», Angliyada «Uestlend», Italiyada «Agusta» firmalari Vertolyot sozlikka katta hissa qoʻshishdi. Vertolyotlarni koʻplab i. ch. sobiq Ittifoqda 1951-y. boshlandi. M. L. Milning «Mi4», «Mi-6», «Mi-8», «Mi-10», «Mi-12» V. lari, keyinchalik N. I. Kamovning «Ka-15», «Ka-18, «K-25», «K-26», «Ka-50» «Uchuvchi akula» harbiy Vertolyot va b. Rusumli Vertolyot ishlab chiqarila boshladi. Hozir turli-tuman rusumli Vertolyotlarni i. ch. taraqqiy etgan.

Vertolyotning tezligi 350 km/soat gacha yetadi (agar qoʻshimcha dvigatel oʻrnatilsa 500 km/soat dan oshadi), 50 t gacha yukni koʻtarib ucha oladi. Vertolyotning bir vintli, ikki vintli va koʻp vintli, qanotli va qanotsiz xillari boʻladi. Har qanday sxemadagi Vertolyot planer (fyuzelyaj, shassi, boshqarish organlari, elektr, radio va navigatsiya jihozlari), vintli eltuvchi tizim (eltuvchi vintlar), dvigatel (kuch) qurilmasi (q. Vertolyot dvigateli) dan iborat. Mexanik yuritmali bir vintli Vertolyotda bulardan tashqari quyruq vinti va bu vintni boshqarish tizimi ham boʻladi. Vertolyotlar xalq xoʻjaligida (q. x. zararkunandalari bilan kurashish, yoʻlovchilar va yukni tashish), geol.-qidiruv ishlarini bajarish, gravimetrik suratga olish, muzliklarni kuzatish, oʻrmondagi yongʻinlarni oʻchirish, yirik jihozlarni tashish va oʻrnatishda, qurilishda, borish qiyin boʻlgan joylarga shifokorlarni olib borishda, qutqaruv ishlari va b. ishlarda keng qoʻllaniladi. Vertolyot lardan harbiy ishda ham foydalaniladi (yana q. Aviatsiya).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x