BRAK

BRAK (rus. brak — nuqsonli) (ishlab chiqarishda) — davlat standartlari, texnik shartlar, etalonlar va sh. k. ga toʻgʻri kelmaydigan mahsulot. B. asosan tuzatib boʻladigan va tuzatib boʻlmaydigan turlarga boʻlinadi. Mahsulotni texnologik qayta ishlash natijasida uning nuqsonlariga barham berish mumkin boʻlsa, bunday mahsulottuza tib boʻladigan Brak, mahsulotning nuqsonini tuzatish qiyin va iqtisodiy jihatdan nomaqbul deb topilsa, bunday mahsulot tuzatib boʻlmaydigan Brak deyiladi va undan i. ch. chiqindisi sifatida foydalaniladi. Brak korxonalarda mahsulot va pul hisobida ifodalanadi. Oʻzbekiston korxonalarida Brak mahsulot z-dning texnik nazorat boʻlimlarida hisobga olinadi va tekshiriladi. Bundan tashqari import tovarlarning mamlakat miqyosida (bojxona nazorati, davlat standarti va sertifikatsiyalash markazi) ham sifat nazorati olib boriladi. Mavjud meʼyorlarga javob bermaydigan tovar (mahsulot)lar Brak deb topiladi va isteʼmoldan chiqariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x