MILLIY IQTISODIYOT

MILLIY IQTISODIYOT — ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat qududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va b. ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy xoʻjalik sistemasi. Milliy … Читать далее

PALEOGEN SISTEMASI

PALEOGEN SISTEMASI (DAVRI) (yun. palaios — qadimgi va genos — tugʻilish, yoshi) — Yer tarixi kaynozoy eratermasinint boshlanish davri. Paleogen sistemasi s taxm. 65—66 mln. yil muqaddam boshlanib, 40—42 mln. yil davom etgan. Paleogen sistemasi yotqiziqlari Yer yuzida keng tarqalgan boʻlib, Amerika, Yevropa, Shim. Amerikaning anchagina qismini qoplab yotadi. Paleogen sistemasida yirik tektonik harakatlar boʻlib … Читать далее

POLINEZIYA KICHIK OBLASTI

POLINEZIYA KICHIK OBLASTI — Avstraliya quruqlik zoogeografik oblastining kichik oblasti. Polineziya kichik oblastiga Yangi Zelandiya kichik oblastitsan shim. da joylashgan Tinch okean o. lari va arxipelaglari (Gavayi o. dan tashqari) kiradi. Polineziya kichik oblasti faunasida barcha o. fau-nasiga oʻxshab endemik turlar koʻp, sut emizuvchilar kam. Quruqlikda sut emi-zuvchilardan qoʻlqanotlilar (shomshapalaklar, uzunqanotlilar, katta qanotlilar) hamda odamlar … Читать далее

MATEMATIKA

MATEMATIKA (yun. mathematike, mathema — bilim, fan) — aniq mantiyey mushohadalarga asoslangan bilimlar haqidagi fan. Dastlabki obyekti sanoq boʻlgani uchun koʻpincha unga «qisobkitob haqidagi fan» deb qaralganʻ (bugungi Matematikada hisoblashlar, hatto formulalar ustidagi amallar juda kichik oʻrin egallaydi). Matematika eng qad. fan sohasi boʻlib, uzoq rivojlanish tari-xini bosib oʻtgan va buning barobarida «Matematika nima?» degan … Читать далее

PARASHYUT SPORTI

PARASHYUT SPORTI — aviatsiya sporti turi. Parashyut sporti yeda turli uchish appa-ratlaridan (samolyot, vertolyot, planyor, dirijabl, aerostat va b.) parashyutda sakraladi. Zamonaviy Parashyut sporti musobaqalari dasturiga quyidagilar kiradi: 600—1500 m balandlikdan radiusi 10 m li nishon doirasiga yakka va guruxli boʻlib sakrab yerga aniq qoʻnish; 2000 m balandlikdan yakka holda sakrab xavoda akrobatik figuralar kompleksini … Читать далее

MUZLIK NAZARIYASI

MUZLIK NAZARIYASI — Yer yuzasida bir necha marta juda katta maydonlarni krplagan muzliklarning rivojlanishi haqida ilmiy tasavvurlar sistemasi. Togʻlarda qad. muzliklarning hoz. ga qaraganda bir necha marta koʻp tarqalganligi haqida gʻoya Alp togʻlarini tadqiq etgan olimlar tomonidan 18-a. oxiridayoqilgari surilgan edi. Yevropa va Shim. Amerikadagi katta maydonlarda sochilib yotgan va oʻzining asli paydo boʻlgan joyidan … Читать далее

POYA

POYA, tana (caulis) — oʻsimlikning shox, barg va gullari joylashgan asosiy oʻqi. Boʻgʻim (barg oʻrni) va boʻgʻim oraliqlaridan iborat. Poya ildiz bilan barglar ora-sida moddalar harakatini taʼminlaydi. Baʼzi oʻsimliklarning poyasi metamor-fozlashgan (shakli oʻzgargan) boʻlib, suv va oziq moddalarni toʻplash (kartoshka), himoya (doʻlana va yantoklarning tikanlari), ilashish (tok va oshkrvoklarning jingalagi), vegetativ koʻpayish (ajriq, qulupnay poyalari) … Читать далее

MAGMA

MAGMA (yun. magma — quyuq boʻtqa) — tarkibi, asosan, silikatdan iborat otash-olovli suyuq massa, Yer pusti yoki yuqori mantiyada vujudga keladi va soviganda magmatik togʻ jinslarini hosil qiladi. Kamdan-kam holda magmatik erigan jinslarda silikat bulmaydi (mas, Sharqiy Afrika vulkanlari). Magma — oʻzaro bogʻliqholda yuzaga kelgan kup sonli kimyoviy elementlarning murakkab eritmasi, ular orasida Si, A1, … Читать далее

MURUNTOV OLTIN KONI

MURUNTOV OLTIN KONI — Markaziy Qizilqumning Muruntov ruda maydoni mintakasidagi kon. Navoiy sh. dan 180 km shim. da, Zarafshon sh. dan 40 km sharqda, Tomditovning jan. etagida joylashgan. Ruda zaxiralarining koʻlami, rudani qazib olish texnologik sharoitlarining qulayligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yuqoriligi va b. xususiyatlariga koʻra dunyodagi noyob konlar sirasiga kiradi. Markaziy Osiyo, xususan, Markaziy … Читать далее

MAGNITIK YOZISH

MAGNITIK YOZISH — tovush (nutq, musiqa) ni magnitli axborot eltuvchi (magnit lenta, magnit disk va b.) ga magnit usulida yozib olish va qayta eshittirish. Tovushni yozib olishda axborot eltuvchi yoki ayrim qismlarining qoldiq magnit holati tovush signallariga monand oʻzgaradi. Tovushni qayta eshittirishda teskari jarayon yuz beradi va shunga muvofiq ravishda tovush signallari hosil boʻladi. Axborot … Читать далее