YELPIGʻICH DUMLI QUSHLAR

YELPIGʻICH DUMLI QUSHLAR, yangi qushlar (Ornithuare, yaʼni Neornithes) — qushlar kenja sinfi. Arxeopteriksdan tashqari hamma qushlarni oʻz ichiga oladi. Tumshugʻi muguz bilan qoplangan, umurtqalari egarsimon (geterotsel), oxirgi dum umurtqalari oʻzaro qoʻshilib pigostilni hosil qiladi. Bu joyga dum patlari yelpigʻich hosil qilib birikadi (Ye. d. q. nomi shundan olingan), qanotlaridagi barmoqlari skeleti oʻzaro birikkan va qisman … Читать далее

YUNUSOBOD OKTEPASI

YUNUSOBOD OKTEPASI — oʻrta asrlar arxeologiya yodgorligi (5—13-asrlar). Toshkentning shim. sharqiy qismida, Oqtepa kanali boʻyida joylashgan. 1886 yil V. P. Nalivkin qayd qilgan. 1940 — 41 yillarda A. I. Terenojkin qazishlar olib borgan. 1975-yil va 1977—85 yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (M. S. Mershchiyev, M. I. Filanovich) tomonidan oʻrganilgan. Yunusobod Oktepasi — jan. tomoni baland va … Читать далее

YOGʻINLAR

YOGʻINLAR — 1) atmosfera (bulutlar yoki havo)dan Yer (yoki suv) yuziga tushadigan suyuq yoki qattiq holatdagi suv. Yogʻinlar bulutlardan yomgʻir, qor, doʻl va muz zarralari koʻrinishida, havo qatlamidan shudring hamda qirov shaklida tushadi. Yogʻin miqsori tushgan Yogʻinlarning holatidagi qatlami qalinligini (mm) oʻlchab aniqlanadi. Yogʻinlar jadalligi maʼlum vaqt (sutka, soat va b.) ichida tushgan Yogʻinlar miqdori … Читать далее

DIALEKTIZMLAR

DIALEKTIZMLAR (dialekt) – adabiy tildati dialektlarning oʻziga xos hududiy unsurlari. Dialektizmlarlar tilshunoslikning barcha sohalari (fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis va b.)ga taallukli. Badiiy ijodda Dialektizmlarlar narsa, voqea va hodisaga mahalliy tuye berish maqsadida qoʻllanadi, bundan tashqari personaj nutqini individuallashtirish uchun foydalaniladi. Biroq, bunday qoʻllash tufayli Dialektizmlarlar adabiy tilga oid boʻlib qolmaydi. Dialektizmlarlarni qoʻllash uslublararo ham cheklangan. … Читать далее

DEVOR

DEVOR — 1) bino, uyning tomini koʻtarib turuvchi yoki xonalarga ajratuvchi tik qismi. Bino va uylarda yuk tushuvchi (yaʼni tomni koʻtarib turuvchi) Devor va pardevor (yaʼni faqat xonalarni ajratib va toʻsib turuvchi)ga; ichki va tashqi Devor larga boʻlinadi. Devor pishitilgan loydan (paxsa D.), pishiq gʻisht va xom gʻishtdan (gʻishtin Devor), tosh, shlak-beton va temirbetondan (tosh … Читать далее

YOʻL BELGILARI

YOʻL BELGILARI — haydovchilar, piyodalar, yoʻlovchilar, yoʻl taʼmirlovchilar, chorva mollarini haydab boruvchilarning avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalarida harakatlanishini tartibga solish, ularni xavfli uchastkalar haqida ogohlantirish uchun tegishli joylarga osib qoʻyiladigan shartli belgilar. Yoʻllarda harakatlanishni tartibga solishga ilgaridan harakat qilingan. Otaravalar va izvoshlar oʻrnini avtomobillar va b. transport vositalari egallay borgan sari qoidalar, ulardagi belgilar ham … Читать далее

DAKTILOGRAFIYA

DAKTILOGRAFIYA (yun. daktilo… va…grafiya) — barmoklar yordamida ifodalanadigan yozuv. Savodi boʻlgan kishining kar yoki kar-koʻrlar bilan daktilologiya, Brayl shrifti, imo-ishopa tili kabi usullardan tashqari yordamchi muomala qilish vositasi. Kar, kar-koʻr bilan muloqot qilishda soʻzlar oddiy harflar b-n qoʻl kaftiga barmoklar yordamida yoziladi. Agar kar, kar-koʻr kishining ogʻzaki nutqi rivojlanmagan boʻlsa, u ham oʻz fikrini suhbatdoshining … Читать далее

GʻOZSIMONLAR

GʻOZSIMONLAR — qushlar turkumi. Palamedeyalar va oʻrdaksimonlar oilasiga boʻlinadi. 150 turi maʼlum. Yirik va oʻrtacha kattalikdagi suv ekosistemalarida yashaydi. Antarktidadan tashqari hamma qitʼalarda tarqalgan. Koʻpchiligi monogam. Tuxumlarini, asosan, modasi bosadi. 2—3 yilda voyaga yetadi. Koʻpchilik turlari uzoq migratsiya qiladi. Suvda yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. Tez uchadi. Bir necha turi ov obyekti hisoblanadi. Suv havzalaridan intensiv … Читать далее

GʻAZNAVILAR DAVLATI

GʻAZNAVILAR DAVLATI — Xuroson, Shim. Hindiston hamda qisman Mova-rounnahr va Xorazmda gʻaznaviylar sulolasi boshqargan turkiy davlat. Gʻ. d. ga Alpteginning gʻulomi va kuyovi Sabuktegin asos solgan. Davlat nomi saltanatning poytaxti Gʻazna sh. nomidan olingan. Turkiy gʻulomlar xizmatlari evaziga somoniylardan Xuroson va Afgʻonistonning turli viloyatlari (Gʻazna, Kobul va b.) ni boshqarish huquqini olganlar. Sabuktegin Gʻazna viloyatining … Читать далее

BIOMETEOROLOGIYA

BIOMETEOROLOGIYA — ekologiyaning boʻlimi; atmosfera muxitining geofizik va kimyoviy omillari bilan tirik organizmlar oʻrtasidagi bevosita va bavosita aloqalarni hamda iqlim va obhavo b-n tirik organizmlar oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni oʻrganadi. Oʻsimliklar B. si, hayvonlar B. si va odam B. siga boʻlinadi. Oʻsimliklar Biometeorologiyasi atrof muhit barcha komponentlarining ham tabiiy sharoitlarini, ham odamning oʻsimliklar olamiga koʻrsatadigan turli … Читать далее