YEREVAN UNIVERSITETI

YEREVAN UNIVERSITETI — 1920-y. da tashkil etilgan. Mat., kibernetika, fizika, kimyo, biol., filol., tarix, huquqshunoslik, geol., sharqshunoslik, falsafa va b. ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Aspirantura, kutubxonasi (1,5 mln. ga yaqin asar) bor. «Ilmiy asarlar» nashr etadi. 7 mingga yaqin talaba oʻqiydi. Tashkil etilgandan beri 35 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi. Пост Навигацияси

YEVKLID NEGIZLARI

YEVKLID «NEGIZLARI» — Yevklidning asosiy matematik asari. 13 kitobdan iborat boʻlgan. Yevkliddan keyin Gipsikl (mil. av. 2-a.) va miletlik Isidor (mil. av. 6-a.) Ye. «N.» ga XIV va XV kitoblarni qoʻshganlar; shuning uchun asar 15 kitobdan iborat ham deyiladi. Asarda Yevklid davrigacha boʻlgan yunon mat. si bayon etiladi. Yevklid negizlari «N.»da geom. deduktiv asosda, yaʼni … Читать далее

YELIM RASSOMLIGI

YELIM RASSOMLIGI — rangtasvirda asar yaratish usullaridan biri. Boʻyoq (pigment)ning bogʻlovchi moddasi hayvon suyaklarini qaynatib olinadigan yelimdan iborat boʻlgani uchun shunday nomlanadi. Ayrim hollarda oʻsimlik yelimi, sintetik yelimlar ham ishlatiladi. Koʻpincha asar boʻr asos ustida yaratiladi. Qadimdan maʼlum boʻlgan Yelim rassomligi tasvirning yorqinligini taʼminlaydi, lekin tashqi taʼsirga chidamsiz, tez yuvilib ketadi, asosi qalinroq (dagʻalroq) boʻlganda … Читать далее

YUMOR

YUMOR (lot.) — kulgi bilan xayrixohlikni oʻzida mujassam etgan komiklik turi. Badiiy adabiyotga mansub yumoristik asarda yozuvchi ijtimoiy hayotdagi, shaxsiy turmushdagi, xususan, ayrim kishilardagi baʼzi kamchiliknuqsonlardan kulib, uni tanqid qiladi. Bunda yozuvchi tanqid qilinayotgan obyektning yoʻqotilishiga tarafdor emas, unga achinadi, undagi mavjud kamchilikning tuzalishini istaydi. Yengil tanqid, hazil ruhi bilan Yumor satiradyan farq qiladi. Satirik … Читать далее

YaʼQUB CHARXIY

YaʼQUB CHARXIY ibn Usmon ibn Mahmud al-Gʻaznaviy (taxm. 1363, Gʻazna yaqinidagi Charx qishlogʻi — 1447, Chagʻoniyon viloyatining Halgʻatu qishlogʻi) — naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi. 1380 yil Buxoroga kelib, madrasada tahsil oladi va Bahouddin Naqshbandga shogird tushadi. Uning vafotidan soʻng Badaxshonda, keyin esa Chagʻoniyonda yashagan. Yaʼqub Charxiy tasavvuf, fiqh, Qurʼon tafsiri boʻyicha 10 dan ortiq asar … Читать далее

YENA UNIVERSITETI

YENA UNIVERSITETI — Fridrix Shiller nomidagi Yena universiteti — Germaniyadagi yirik un-tlardan biri. 1558-y. Yenadagi akad. gimnaziya negizida tashkil qilingan. Falsafa va tarix, filol., iqtisodiy kibernetika, ped., adabiyot va sanʼat, tibbiyot, biol., kimyo, fizika, mat., texnologiya, xuquq, teologiya, jismoniy tarbiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 5 mingdan ortiq talaba oʻqiydi. Un-t kutubxonasila (1558-y. tashkil etilgan) 2,5 mln. … Читать далее

YOQUBOV Isa Rafailovich

YOQUBOV Isa Rafailovich (1938.21.10, Toshkent) — rej. Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1974). Toshkent politexnika inti (1956), Toshkent davlat sanʼat intini (1965) tugatgan. Respublika qoʻgʻirchoq teatrida rej. (1966-y. dan), bosh rej. (1967—90 y. lar). Yoqubov har bir asar mazmuni va janriga moye sahnaviy shakl topishga, spektakllarning qiziqarli boʻlishiga intiladi. «Shavkatning boshidan kechirganlari» (L. Boboxonov, A. … Читать далее

YEVKLID

YEVKLID, Evklid (Eukleides) (mil. av. 3-a.) — yunon matematigi; mat., optika, mexanika, musiqaga oid asarlar muallifi. Yevklid asli tir (Livan)lik boʻlib, Iskandariyada yashab, ijod etgan va u yerda oʻz ilmiy maktabini yaratgan. Asosiy matematik asari — «Negizlar». Unda Yevklid oʻzigacha Yunonistonda toʻplangan boy matematik materialni mantiqiy tartibga tushirgan, mat. ning kelgusi taraqqiyotiga asos solgan. Bu … Читать далее

YASSI UNIVERSITETI

YASSI UNIVERSITETI, A. Y. Kuza nomidagi Yassi universiteti — Ruminiyadagi yirik oliy oʻquv yurti. 1860 yil Yassi shahrida tashkil etilgan. Fizika, mat., tarix, ped., falsafa, biol., iqtisodiyot, geogr., huquq, filol. boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1839-yiltashkil etilgan)da 2 mln. ga yaqin asar bor. 4,5 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Пост Навигацияси

YILNOMA

YILNOMA, solnoma — tarixiy asar. Y., odatda, tarixiy voqealarning bevosita ishtirokchisi yoki guvohi boʻlgan qalam axli tomonidan yoziladi. Yilnoma muallifi muarrix (tarixchi) deb nomlangan. Yilnoma yozish Sharq mamlakatlarida qadimdan mavjud boʻlib, 8-a. dan boshlab hijriy yil hisobi tarixning boshlanishi sifatida qabul qilingan. Hijriy yil 2 xil usulda hisoblanadi. Oy kunlari asosida hisoblansa — «hijriy qamariy», … Читать далее