YEVKLID

YEVKLID, Evklid (Eukleides) (mil. av. 3-a.) — yunon matematigi; mat., optika, mexanika, musiqaga oid asarlar muallifi. Yevklid asli tir (Livan)lik boʻlib, Iskandariyada yashab, ijod etgan va u yerda oʻz ilmiy maktabini yaratgan. Asosiy matematik asari — «Negizlar». Unda Yevklid oʻzigacha Yunonistonda toʻplangan boy matematik materialni mantiqiy tartibga tushirgan, mat. ning kelgusi taraqqiyotiga asos solgan. Bu asar mat. taraqqiyotida muhim oʻrin tutdi. «Shakllarni boʻlaklarga boʻlish toʻgʻrisida» asarining arabcha tarjimasi saqlanib qolgan (yana q. Yevklid geometriyasi, Yevklid «negizlari»).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x