YOQUBOV Isa Rafailovich

YOQUBOV Isa Rafailovich (1938.21.10, Toshkent) — rej. Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1974). Toshkent politexnika inti (1956), Toshkent davlat sanʼat intini (1965) tugatgan. Respublika qoʻgʻirchoq teatrida rej. (1966-y. dan), bosh rej. (1967—90 y. lar). Yoqubov har bir asar mazmuni va janriga moye sahnaviy shakl topishga, spektakllarning qiziqarli boʻlishiga intiladi. «Shavkatning boshidan kechirganlari» (L. Boboxonov, A. Qobulov), «Qoʻzichogʻim» (N. Roʻzimuhamedov), «Kul, kulaver, Oyxon» (M. Ushas), «Bir chigitdan ming chigit» (N. Roʻzimuhamedov, I. Yoqubov), «Farhod va Shirin» (A. Navoiy) va b. uning eng yaxshi spektakllari. Bolgariya qoʻgʻirchoq teatrida «Semurg» (Zulfiya, S. Somova), «Senimi, shoshmay tur» (A. Kurlyandskiy, A. Xait), Afgʻoniston teatrida «Olaboʻji» (M. Suponin), «Gʻaroyib musobaqa» (Ye. Speranskiy) kabi qoʻgʻirchoq spektakllarini sahnalashtirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x