YUMOR

YUMOR (lot.) — kulgi bilan xayrixohlikni oʻzida mujassam etgan komiklik turi. Badiiy adabiyotga mansub yumoristik asarda yozuvchi ijtimoiy hayotdagi, shaxsiy turmushdagi, xususan, ayrim kishilardagi baʼzi kamchiliknuqsonlardan kulib, uni tanqid qiladi. Bunda yozuvchi tanqid qilinayotgan obyektning yoʻqotilishiga tarafdor emas, unga achinadi, undagi mavjud kamchilikning tuzalishini istaydi. Yengil tanqid, hazil ruhi bilan Yumor satiradyan farq qiladi. Satirik asarda ijtimoiy hayot hodisalari zaharxanda kulgi orqali fosh etilsa, xarakterdagi nuqsonlar hazilmutoyiba, kinoya bilan tanqid qilinadi. Satirada Yumor unsuri boʻlganidek, Yumorda ham satira unsuri bor. Har qanday jiddiy asar (roman, qissa, hikoya, doston, sheʼr va shahrik.)da, xalq ijodi namunalarida ham Yumor boʻladi. Gʻarb adabiyotidagi asosiy namoyandalari Servantes, L. Stern, Ch. Dikkens, N. V. Gogol, M. Tven; oʻzbek adabiyotida esa Muqimiy, Gʻ. Gʻulom, A. Qahhor, S. Ahmad va boshqalar Tasviriy sanʼatda Yumor voqea, narsa, jonivor, ayniqsa, kishilarning xattiharakati kulgili tasvirlangan, yengil tanqid etilgan, umuman koʻrinishi, ishi hazilmutoyiba tarzida koʻrsatilgan tasvir (koʻpincha grafika asari)dir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x