YILNOMA

YILNOMA, solnoma — tarixiy asar. Y., odatda, tarixiy voqealarning bevosita ishtirokchisi yoki guvohi boʻlgan qalam axli tomonidan yoziladi.

Yilnoma muallifi muarrix (tarixchi) deb nomlangan. Yilnoma yozish Sharq mamlakatlarida qadimdan mavjud boʻlib, 8-a. dan boshlab hijriy yil hisobi tarixning boshlanishi sifatida qabul qilingan. Hijriy yil 2 xil usulda hisoblanadi. Oy kunlari asosida hisoblansa — «hijriy qamariy», quyosh kunlari asosida hisoblansa — «hijriy shamsiy» nomi bilan yuritiladi. Qamariy yil 354 kun, shamsiy yil 365 kundir (yana q. Kalendar). Bayon qilinayotgan voqea qaysi yilda sodir boʻlgani, yaʼni qamariy yil yoki shamsiy yil ekani Yilnomada taʼkidlanadi.

Arab va Eron Y. (solnoma)chilari arab yozuvi qabul qilingan vaqtdanoq voqealarning yilma-yil bayonini yoza boshlaganlar. 17—19-a. larda yaratilgan Yilnoma larning mualliflari hukmron doiralarning faoliyatini, maqsad va manfaatlarini nazarda tutib ish koʻrganlar. Tarixiy hujjatlarning moxiyati, sabablari, odatda, ilohiy kuchlarga bogʻlab izoxlangan. Yilnomalar uslub jihatdan har xil — baʼzilari tantanavor, baʼzilari soddaroq boʻladi. Mas, Boburning «Boburnoma», Mirxondning «Ravzat us-safo» («Soflik bogʻi»), Abul-gʻoziy Bahodirxonning «Shajarayi turk», «Shajarayi tarokima», Munis Xorazmiy va Ogahiynnng «Firdavs ul-iqbol» asarlari Yilnomaning eng yaxshi namunalaridir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x