VALANJIN YARUSI

VALANJIN YARUSI (Shveysariyadagi Nevshatel sh. yaqinidagi Valanjen qasri nomidan) — quyi boʻr sistemasi (davri) pastdan ikkinchi yarusi. 1853-y. da Dezor (Desor) alohida yarus qilib ajratgan. Dastlab aniqlangan joyida dengiz tipratikani, leletsipoda va ammonitli ohaktoshlardan tashkil topgan. Valanjin yarusi jinslari Ukrainada hamda Alp, Karpat toglari va Kavkazda bor. V. ya. qizgʻish ohaktoshli jinslari Oʻzbekiston (Hisor togʻlari)da ajratilgan. Bir oz gips va fosforit qatlamlari ham uchraydi. Buxoro viloyatida qumtosh, qizil gillardan iborat Valanjin yarusida neft uyumlari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x