VISHAKXAPATNAM

VISHAKXAPATNAM — Hindistondagi shahar, Bengaliya qoʻltigʻi sohilida, Andhra-Pradesh shtatida. Aholisi 750 mingdan ziyod kishi (1990y. lar oʻrtalari). Mamlakatning muhim portlaridan biri (yuk tushirish va ortish yiliga 10 mln. t). Chetga neft mahsulotlari, temir va marganes rudalari chiqaradi; chetdan kimyo oʻgʻitlari uchun xom ashyo keltiriladi. Sudoverf, neftni qayta ishlash, stanoksozlik, fosfor oʻgʻitlari, qoʻrgʻoshin i. ch. korxonalari bor. Yirik metallurgiya k-ti qurilgan. Baliq ovlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x