VERMONT

VERMONT — AQSHning shim.sharqidagi shtat. Mayd. 24,9 ming km2. Aholisi 575 mingdan ziyod kishi (1990y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Montpilyer sh. Hududining koʻp qismi togʻli (eng baland joyi 1338 m). Yirik daryosi — Konnektikut. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —9°, iyulniki 19°. Yiliga 750 — 1000 mm yogʻin yogʻadi.

Vermont — Yangi Angliyaning iqtisodiy jihatdan rivojlangan va shaharlari kam shtatlaridan. Vermont hududining 1/5 qismi ekinzor, katta qismi oʻr. mon, qisman yaylov va yaroqsiz yerlar. Q. x. uchun yaroqli yerlar faqat torgina daryo vodiylaridagi pasttekisliklarda boʻlsada, iqtisodining asosini q. x. tashkil etadi. Q. x. tovar mahsulotining 75% i sut chorvachiligidan keladi. Ekin mayd. ning 90% iga yem-xashak ekinlari ekiladi. Yogʻochsozlik, toʻqimachilik, metallsozlik, oziq-ovqat, qogoz sanoati korxonalari bor. Asbest, marmar, granit, mis rudasi qazib olinadi. Vermontni shim. dan janubga Monreal—Boston va Monreal — NyuYork t. y. kesib oʻtgan. Konnektikut daryosi va Shampleyn koʻlida kema qatnaydi. Turistlar koʻp keladi. Yirik shahri — Berlington.

BEPH (Verne) Jyul (1828.8.2, Nant — 1905.24.3, Amyen) — fransuz yozuvchisi. Ilmiy-fantastik roman janri asoschilaridan biri. Ijodini 1849-y. dan kichik pyesalar yozish bilan boshlagan. 1863-y. birinchi romani — «Havo sharida besh hafta» nashr qilingan. Vermont «Yer markaziga sayohat» (1864), «Yer-dan Oyga» (1865), «Oy atrofida» (1869), «Kapitan Grant bolalari» (1867-68), «Suv ostida 20000 kilometr» (1869 — 70), «Oʻn besh yoshli kapitan» (1878), «Suzib yuruvchi orol» (1895) kabi 65 dan ziyod ilmiy-fantastik, sarguzasht va ijtimoiy-tanqidiy roman, qissa va hikoyalar muallifi. Oʻrta Osiyoda hech qachon boʻlmagan Vermont «Klodius Bombarnak» romanida uning tarixini, geografik oʻrni va iqlimini, maxalliy xalqlarning urf-odatlarini haqiqatga yaqin qilib tasvirlaydi. Asar qahramoni tilidan Toshkent, Samarqand, Buxoro sh. lari tasviriga toʻxtaladi, Buxoroni «Turkiston Rimi» deya taʼriflaydi, Samarqandning tarixiy obidalarini, kucha va mahallalarini, bogʻu rogʻlarini, odamlarini tavsiflaydi.

Vermontning «Sirli orol» (1941), «Kapitan Grant bolalari» (1957), «Antifer togʻaning ajoyib va gʻaroyib sarguzashtlari» (1969), «Suv ostida 20000 kilometr» (1973) va b. asarlari oʻzbek tilida nashr qilingan. Vermontning asarlari asosida (mas., «Oʻn besh yoshli kapitan», «Kapitan Grant bolalari» va b.) kinofilmlar yaratilgan, ular oʻzbek tiliga dublyaj qilingan. Oyning orka tomonidagi bir krater V. nomi bilan atalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x