BUZOQCHIRG

BUZOQCHIRG (Andropogon ischaemum) — bugʻdoydoshlar oilasiga mansub ildizpoyali koʻp yillik oʻt. Asosan Afrika savannalari va Shim. Amerika dashtlarida, Urta Osiyoning adir va togʻ etaklarida keng tarqalgan. Tropik mamlakatlarda ham uchraydi. Uzbekistonda Kavkaz chayiri turi tarqalgan. Пост Навигацияси

BUDYONNII Semyon Mixaylovich

BUDYONNII Semyon Mixaylovich [1883.13(25).4, Kozyurin xutori (hoz. Rostov viloyati, Proletar tumani) — 1973.26.10, Moskva] — shoʻro armiyasi qoʻmondoni. Marshal (1935), uch marta Qahramon unvoni berilgan. Fuqarolar urushida otliq askarlar korpusi komandiri, soʻngra 1Otliq armiya qoʻmondoni (191923). 193941-y. larda mudofaa xalq komissarining oʻrinbosari. 1941—45 y. lardagi urushda Jan. Gʻarbiy va Shim. Kavkaz yoʻnalishlari qoʻshinlariga, Rezerv va … Читать далее

BUGENVIL

BUGENVIL — Tinch okeandagi vulkan oroli, Solomon o. lari toʻdasidagi eng katta orol. Papua — Yangi Gvineya tarkibida. Mayd. 10 ming km2. Aholisi 159,5 ming kishidan ziyod (1990 i. l ar oʻrtalari). Bal. 2743 m gacha. Nam tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Yirik mis konlari bor, 1972-y. dan foydalaniladi. Ruda zaxirasi 915 mln. t dan ortiq. … Читать далее

BRYUSTER

BRYUSTER Deyvid (1781.11.12, Jedboro, Angliya — 1868.10.2, Allerbi, Melroz) — ingliz fizigi, London Qirollik jamiyati aʼzosi (1815). Yorugʻlikning doiraviy qutblanishi hodisasini ochgan (1815) va oʻz nomi bilan ataladigan qonun (Bryuster qonuni) ni topgan. Kristallardagi xromatik qutblanishni bayon qilgan (1813— 14). Mayoqlar uchun linza yasagan, kaleydoskopni kashf qilgan (1817), stereoskopii takomillashtirgan. I. Nyutonntk mukammal tarjimayi holi … Читать далее

BRUTTIYLAR

BRUTTIYLAR — Jan. Italiya (hoz. Kalabriya)dagi qad. italiy oskumbr qabilalaridan biri. Mil. av. 3-a. boshlarida Rim tomonidan boʻysundirilgan. 2Puni urushi (mil. av. 218—201) davrida Bruttiylar Karfagen sarkardasi Gan«ibolning kuchli ittifoqchisi boʻlishgan. Пост Навигацияси

BRONXOSTENOZ

BRONXOSTENOZ — bronx devorining torayishi; bronx yoʻlidagi patologik oʻzgarishlar yoki uning teshigiga yot jismlarning tushishi, shuningdek oʻsmalar paydo boʻlishi natijasida vujudga keladi. Bronx operatsiyalaridan keyin ham Bronxostenoz kuzatilishi mumkin. Bronxostenoz organik oʻzgarishlar tufayli roʻy beradi, shu sababli uni bronxospazmdan farq qilinadi. Bronxostenozni bronxoskopiya va bronxografiya qilib aniqlanadi. Пост Навигацияси

BRONETRANSPORTYOR

BRONETRANSPORTYOR — zirhli jangovar mashina. Pulemyot, toʻp va b. qurollar bilan kurollantiriladi. Motooʻqchi boʻlinmalar (20 kishigacha)ni tashish, ogʻir qurolyarogʻlarni tirkash va razvedka ishlarida qoʻllaniladi. Bronetransportyorning gʻildirakli, yarim oʻrmalovchi, oʻrmalovchi (gusenitsali), ochiq va yopiq turlari bor. Suvdan suzib oʻta oladi. Bronetransportyor devorlarida oʻq otish uchun moʻljallangan maxsus teshik (shinaklar) bor. Bronetransportyor minorali va minorasiz boʻlishi mumkin. … Читать далее

BRITISH AMERIKEN TOBAKKO

«BRITISH AMERIKEN TOBAKKO» (British American Tobacco) — Buyuk Britaniya va dunyodagi eng yirik tamaki monopoliyasi. 1902-y. da tashkil etilgan. «British Ameriken Tobakko t» Buyuk Britaniya va AQSH kapitali qoʻyilgan monopolistik birlashma boʻlib, asosan tamaki mahsulotlari, shuningdek oziq-ovqat va kosmetika mollari, qogʻozkarton va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. Boshqa mamlakatlarda ham sanoat korxonalari, shu jumladan 67 tamaki … Читать далее

BRILLIANT

BRILLIANT (frans. brillant — yaltiroq soʻzidan) — sunʼiy ishlov berib sayqallangan (qirralangan) olmos. Tomonlari 6, 8, 12,… 56 gacha qirralarga ega boʻladi. Bunday qirralash toshning tabiiy jilosini yuzaga chiqaradi. Brilliantga tushgan nur yuqori dispersiya (nurning boʻlinishi) tufayli kamalakday tovlanadi. Zargarlik sanʼatida keng ishlatiladi: qimmatbaho metall gardishga alohida (uzuk, isirga, ilma tugma — zaponkada), buyum bezagi … Читать далее