BRITISH AMERIKEN TOBAKKO

«BRITISH AMERIKEN TOBAKKO» (British American Tobacco) — Buyuk Britaniya va dunyodagi eng yirik tamaki monopoliyasi. 1902-y. da tashkil etilgan. «British Ameriken Tobakko t» Buyuk Britaniya va AQSH kapitali qoʻyilgan monopolistik birlashma boʻlib, asosan tamaki mahsulotlari, shuningdek oziq-ovqat va kosmetika mollari, qogʻozkarton va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. Boshqa mamlakatlarda ham sanoat korxonalari, shu jumladan 67 tamaki fkasi mavjud. Bu fkalarda 240 turdagi sigaretalar ishlab chiqariladi. Kompaniya Yevropa va Oʻrta Osiyoda keng koʻlamda faoliyat yuritadi. Jumladan, kompaniya Oʻzbekiston Respublikasi bilan hamkorlik oʻrnatib, «OʻzBAT aksiyadorlik jamiyati» qoʻshma korxonasini (Samarqand tamaki fkasi b-n birgalikda) tuzdi (1994). U yiliga 20 mlrd. dona sigareta i. ch. quvvatiga ega. Qoʻshma korxonaning qurilish va jihozlanish ishLYA. I uchun 100 mln. dollar investitsiya jalb etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x