BUGENVIL

BUGENVIL — Tinch okeandagi vulkan oroli, Solomon o. lari toʻdasidagi eng katta orol. Papua — Yangi Gvineya tarkibida. Mayd. 10 ming km2. Aholisi 159,5 ming kishidan ziyod (1990 i. l ar oʻrtalari). Bal. 2743 m gacha. Nam tropik oʻrmonlar bilan qoplangan.

Yirik mis konlari bor, 1972-y. dan foydalaniladi. Ruda zaxirasi 915 mln. t dan ortiq. Kokos palmasi, banan yetishtiriladi. Asosiy shahri — Kiyeta. Fransuz dengizchisi L. A. Bugenvil (1729—1811) nomi bilan atalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x