BUDYONNII Semyon Mixaylovich

BUDYONNII Semyon Mixaylovich [1883.13(25).4, Kozyurin xutori (hoz. Rostov viloyati, Proletar tumani) — 1973.26.10, Moskva] — shoʻro armiyasi qoʻmondoni. Marshal (1935), uch marta Qahramon unvoni berilgan. Fuqarolar urushida otliq askarlar korpusi komandiri, soʻngra 1Otliq armiya qoʻmondoni (191923). 193941-y. larda mudofaa xalq komissarining oʻrinbosari. 1941—45 y. lardagi urushda Jan. Gʻarbiy va Shim. Kavkaz yoʻnalishlari qoʻshinlariga, Rezerv va Shim. Kavkaz frontlariga (194142) qoʻmondonlik qilib, oʻzining layoqatsiz lashkarboshi ekanligini koʻrsatgan. 1943 — 53 y. larda Qizil armiya otliq askarlari qoʻmondoni. Budyonnii oʻz otliq armiyasi bilan 192023-y. larda Turkiston oʻlkasida boʻlib, bu yerda bolsheviklar vatanparvar istiklolchilarga qarshi olib borgan janglarda faol qatnashgan va koʻplab begunoh kishilarning qonini toʻkkan. 1930—40 y. larda u harbiylar orasida oʻtkazilgan umumiy qatagʻon tashkilotchilaridan biri.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x