BOʻRIKALLA

BOʻRIKALLA — qovun navi. Buxoro va Fargʻona B. si kabi xillari bor. Buxoro Boʻrikallasi handalak turiga kiradi. Buxoro vohasida tarqalgan. Ertapishar nav. Shakli yassi, oʻrtacha kattalikda, eng kattasining diametri 20 smdan ortiq. Ogʻirligi 2,5—3 kg. Sirti bir oz tilimtilim, tekis toʻr bilan qoplangan. Tuyey och yashilsariq, poʻstidagi gullari mayda, jigarrang dogʻ shaklida. Etining qalinligi 4,5—6 … Читать далее

BOʻNAK

BOʻNAK — 1) biror ish yuzasidan ish beruvchi (buyurtmachi)lar ish bajaruvchilarga oldindan beradigan qarz. Urta ayerlar oxirida, asosan Oʻrta Osiyoda dehqon va hunarmandlarga pul yoki natura tarzida Boʻnak berish keng tarqalgan edi. Boʻnak olgan dehqonning yeri va molmulki garovda turgan; 2) oʻtmishda usta shogirdiga ishlab berish yoki qaytarish sharti bilan beradigan qarz puli.. Пост Навигацияси

BOʻLAMON

BOʻLAMON, balamon, balabon — Markaziy Osiyo va Kavkaz xalqlarining tilchali puflama sozi. Kadimdan mashhur, ayniqsa 15—17-a. lardagi Boʻlamon chi sozandalar nomi tarixiy manbalarda koʻp uchraydi. Tashqi koʻrinishi kichik surnaysimon boʻlsada, nayining ichki kengligi uzunasiga bir xil. Yuqori qismiga yakka tilchali qilib kesilgan qamish naycha oʻrnatiladi. Asosan, tut yogʻochidan yasaladi. Barmoqlar uchun moʻljallangan 7 ta teshigi … Читать далее

BOʻZSUV

BOʻZSUV — Chirchiqdaryosidan chiqarilgan qad. kanal. B. Chirchiqning oʻng sohilidagi qad. terassalar boʻylab shim. sharqdan jan. gʻarbga tomon yoʻnalib, Toshkent viloyati Qibray, Zangiota va Yangiyoʻl tumanlari, Toshkent sh. hududi, shuningdek Qozogʻiston Respublikasi yerlaridan oʻtib, Chinoz yaqinida Sirdaryoga quyiladi. Uz. 159 km. Boshlanishi qismida suv sarfi 310 m3/ sek, 10GESdan quyida 110 m3 (ortiqcha suv Chirchiq … Читать далее

BOʻYOQCHILIK

BOʻYOQCHILIK (toʻqimachilikda) — ip va ipak boʻyash kasbi. Gazlama qoʻl dastgohlarida toʻqilgan davrlarda keng tarqalgan edi. Turkistonlik boʻyoqchi ustalar ip va ipakni xumboʻyoq bilan boʻyaganlar. Toʻqimachilik korxonalari paydo boʻlgach, Boʻyoqchilik fkalarning boʻyash sexida bajariladigan boʻldi. 20-a. 90-y. lari boshidan yana kasbhunar rivojlana boshlanganligi tufayli qadimgi Boʻyoqchilik kasbi muhim hunarga aylanib bormoqda. Пост Навигацияси

BYUDJET TIZIMI

BYUDJET TIZIMI — davlat, maʼmuriy hudud, baʼzi (mustaqil byudjetli) muassasalar byudjetlarining iqtisodiy munosabatlar va huquqiy meʼyorlarga asoslangan majmui. Oʻzbekistonda Byudjet tizimi davlat byudjeta, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, mahalliy (viloyat, shahar, tuman va b.) byudjetlardan tarkib topadi. Shuningdek davlat ijtimoiy sugʻurta byudjeti xam davlat byudjeti tarkibiga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasida Byudjet tizimi masalalari «Byudjet tizimi toʻgʻrisida» qonun (2000-y., … Читать далее

BELS

BELS (Belsi) — Moldaviyadagi shahar (1818-y. dan). Reut daryosi (Dnestr irmogʻi) boʻyida. T. y. tuguni. Aholisi 165 ming kishi (1999). Oziq-ovqat (yogʻ, goʻsht k-tlari, vinokonyak z-di va h. k.), mashinasozlik, asbobsozlik (q. x. mashinasozligi, elektrotexnika z-dlari), qurilish materiallari korxonalari, tikuvchilik, mebel fkalari, yogʻochsozlik k-ti, TES, pedagogika inti, tibbiyot bil im yurti, politexnikum, drama teatri, tarixoʻlkashunoslik … Читать далее

BXOTIYA

BXOTIYA — xalq, Butanning asosiy aholisi (1 mln. kishi, 1991). Nepalda (PO ming kishiga yaqin), Hindistonda (90 ming kishiga yaqin) ham yashaydilar. Xitoytibet oilasiga kiruvchi tilda gaplashadi. Dindorlari asosan budda diniga, Hindistondagilari hinduizmga eʼtiqod qilishadi. Пост Навигацияси

BUGʻLATIB SOVITISH

BUGʻLATIB SOVITISH — sanoat pechlari (domna, marten va b. pechlar) ning qismlarini sovitish usuli; ishi pech sovitkichlarining berk tizimlarida aylanadigan suvning bugʻlanish issiqligidan foydalanishga asoslangan. Trubani quyqa hosil boʻlish va zanglashdan saqlash uchun kimyoviy tozalangan suv ishlatiladi. Пост Навигацияси