BRILLIANT

BRILLIANT (frans. brillant — yaltiroq soʻzidan) — sunʼiy ishlov berib sayqallangan (qirralangan) olmos. Tomonlari 6, 8, 12,… 56 gacha qirralarga ega boʻladi. Bunday qirralash toshning tabiiy jilosini yuzaga chiqaradi. Brilliantga tushgan nur yuqori dispersiya (nurning boʻlinishi) tufayli kamalakday tovlanadi. Zargarlik sanʼatida keng ishlatiladi: qimmatbaho metall gardishga alohida (uzuk, isirga, ilma tugma — zaponkada), buyum bezagi mujassamoti asosi yoki qismlarini hosil qiluvchi (toʻgʻnogʻich, toj va b. da) «koʻz»lar holida oʻrnatiladi. Brilliant shuningdek orden va yuksak nishonlarni ham bezaydi. Brilliant ogʻirligi karat (0,2 g) larda oʻlchanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x