VYATKIN Vasiliy Lavrentyevich

VYATKIN Vasiliy Lavrentyevich [1869.18(30).8, Yettisuv – 1932.26.6, Samarqand] — arxeolog, prof. (1923). Toshkent oʻqituvchilar seminariyasini tugatgan (1894). Samarqand oʻlkani oʻrganish muzeyining tashkilotchisi (1896) va direktori. Vyatkin 1905—31 ylarda Afrosiyobda qazish ishlari olib borib, tadqiqotlari haqida «Afrosiyob — koʻhna Samarqand oʻrni» (1926) asarini yozgan. Ulugʻbek rasadxonasi (15-a.) oʻrnini aniqlagan va u yerda qazish ishlari olib borgan (1908—09, 1914); Samarqand meʼmoriy yodgorliklarini oʻrganish va muhofaza qilishga katta eʼtibor bergan («Mirzo Ulugʻbek va uning Samarqanddagi rasadxonasi», «Qadimgi Samarqand yodgorliklari», 1927, «Qadimgi Samarqand arxitekturasi», 1929). Buxoro (1920) va Xorazm (1929) da muhim arxeologik tadqiqotlar olib borgan. Oʻrta asrlarga doir koʻplab sharq qoʻlyozmalarini toʻplagan, sharhlagan va nashr ettirgan. Rus maktablari uchun «Oʻzbek tili darsligi» va «Fors tili darsligi»ni tuzgan (1923). Ulugʻbek rasadxonasi yoniga dafn etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x