BOBO MIRAK QOʻZGʻOLONI

BOBO MIRAK QOʻZGʻOLONIBuxoro xonligida shayboniylarta qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (16a. 40-y. lari). Yirik yer egalari. viloyat hokimlarining markaziy hokimiyatga boʻysunmasliklari natijasida Buxoro xonligidan ayrim viloyatlar (Balx, Samarqand) qatori kichik shaharlar ham ajralib chiqa boshlagan. Qarshi viloyatining Koson sh. da joʻybor xojalariaai Abul Baqoning togʻasi Bobo Mirak umumxalq qoʻzgʻoloniga rahbarlikni oʻz qoʻliga olgan. Qoʻzgʻolon shu qadar kuchli tus olganki, birinchidan, unga qarshi barcha shayboniy xonlar va sultonlar jam boʻlib otlanishgan, ikkinchidan, qoʻzgʻolonchilar va shayboniylar qushini oʻrtasidagi kurash uch oy davom etgan. Nihoyat, shayboniylar ustun kelib kosonliklarning qarshiligini sindirishgan, ular shaharga bostirib kirib aholini qatli om qilishgan, Bobo Mirak qoʻlga olinib azoblab qatl etilgan.

Ad.: Axmedov B., Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv. Pismennыye pamyatniki, T., 1985, s. 180.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x