BADRIDDIN

BADRIDDIN (14 – a.) — samarqandlik binokor usta. B. usta Shamsuddin va usta Zaynuddinlar bilan hamkorlikda Shoxizinda ansambli (Samarqand)dagi Shodi Mulk ogʻo maqbarasini qurgan (1373). Bu haqda maqbara peshtoqining sharafasi va ustun bezagi orasiga yozilgan. Badriddin va uning hamkorlari binoning umumiy koʻrinishini nafis va jozibali qilib ishlash, bezak uslubini takomillashtirish, naqshlarini murakkablashtirish yoʻli bilan markaziy mujassamotli, bir xonali maqbaralar meʼmorligida burilish yasagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x