VERMONT

VERMONT — AQSHning shim.sharqidagi shtat. Mayd. 24,9 ming km2. Aholisi 575 mingdan ziyod kishi (1990y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Montpilyer sh. Hududining koʻp qismi togʻli (eng baland joyi 1338 m). Yirik daryosi — Konnektikut. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —9°, iyulniki 19°. Yiliga 750 — 1000 mm yogʻin yogʻadi. Vermont — Yangi Angliyaning iqtisodiy jihatdan … Читать далее

BOREALATLANTIKA OBLASTI

BOREALATLANTIKA OBLASTI — Dunyo okeani zoogeografiya oblastlaridan biri. Arktikaning jan. va Atlantika okeanining shim. qismini egallagan. Borealatlantika Oblastining Arktika oblasti b-n chegarasi shim. da Nyufaundlendning sharqiy sohillaridan Islandiyagacha, undan Barens dengizining Markaziy qismigacha boradi. Jan. da Borealatlantika Oblastining shartli chegarasi Delaver koʻrfazidan Ispaniyaning shim. qirgʻoqlarigacha boʻlgan chiziq boʻylab oʻtadi. Bu oblast fizikgeografik xususiyatlariga binoan BorealPatsifik … Читать далее

VENGRIYA

VENGRIYA (Magyarorszag), Vengriya Respublikasi (Magyar Koztar-sasag) — Yevropaning markaziy qismida, Dunay daryosining oʻrta oqimida joylashgan davlat. Mayd. 93 ming km2. Aholisi 10,44 mln. kishi (2000). Poytaxti — Budapesht sh. Maʼmuriy jihatdan 19 viloyat (medye) ga boʻlinadi. Budapesht alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Davlat tuzumi. Vengriya — demokratik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1949-y. 20 avg. da qabul … Читать далее

ANABIOZ

ANABIOZ (yun. anabiosis — tiriltirish, hayotga qaytarish) — organizmning hayot jarayonlari (moddalar almashinuvi va b.) juda sekinlashgan, yaʼni uning tirikligi sezilmaydigan darajaga oʻtgan holati. Anabiozni birinchi marta 1701-y. da golland biologi Anabioz Levenguk hasharotlarda aniqlagan. Anabioz organizmlar rivojlanishining turli bosqichlarida yashash sharoitining keskin yomonlashishi (past harorat, qurgʻoqchilik) tufayli sodir boʻlishi mumkin. Anabioz evolyutsiya davomida organizmning … Читать далее

BIYA

BIYA, baytal — voyaga yetgan urgʻochi ot. Aygʻirdan alohida saqlanadi. Biya 3 yoshidan (gʻunanlik davridan) to 20— 25, baʼzan undan ham katta yoshgacha qochiriladi. Boʻgʻozlik davri oʻrtacha 11 oy. Biyadan sogʻlom qulun olish uchun butun boʻgʻozlik davrida qaltis harakatlardan, shamollashdan ehtiyot qilinadi, ogʻir yuk tashishda ishlatilmaydi, toliqishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qulunini 6 — 9 oy emizadi. … Читать далее

VORONEJ

VORONEJ — RFdagi shaxar, Voronej viloyatining markazi (1934-y. dan). Yirik t. y. tuguni, Voronej daryosining Don daryosiga quyilish joyidagi pristan. Aholisi 905 ming kishi (1999). V. Markaziy Qoratuproq iktisodiy r-nining asosiy industrial markazi va Rossiyaning yirik sanoat markazlaridan biri. Voronejda mashinasozlik (vagon tuzatish z-di, ekskavator, temirchilik-press uskunalari, foydali qazilmalarni saralash uskunalari, stanoksozlik, televizor va radiopriyomnik, … Читать далее

ATSIDOFILIN

ATSIDOFILIN, aiidofilinli qatiq — qatiqning bir turi. Asidofilin pasterizatsiya qilingan yoki qaynatilgan sutga atsidofil organizmlar (bakteriyalar) qoʻshib ivitiladi. Baʼzan sut kislotasi, streptokoklar va kefir zamburugʻi, vanilin kabi xushboʻy moddalar qoʻshiladi. Sof sut kislotasi, qand va xushboʻy moddalar qoʻshilganidan taʼmi shirinroq. Tarkibida 3,2% yogʻ boʻladi. Oshqozon-ichakda ovqat hazm boʻlishiga yordam beradigan faol kislota hosil qilish xususiyatiga … Читать далее

BORSAKELMAS

BORSAKELMAS — Orol dengizining shim. gʻarbiy qismidagi orol. Qozogʻistonning Kiziloʻrda viloyatida. Uz. 27 km, eni gʻarbda 11,5 km, sharkda 2,5 km. Mayd. 133 km2 (1961). Qirgʻoqlari asosan tekis, past, jan. qirgʻogʻi bir oz baland va qoyali. Yer yuzasi tepalik va soyliklardan iborat pasttekislik. Aksari qismining bal. 100 m, eng baland joyi 113 m. B. da … Читать далее

BOREOPATSIFIK OBLAST

BOREOPATSIFIK OBLAST — dunyo okeanining zoogeografiya oblasti, Tinch okeanining shim. qismi va okean dengizlari shim. da Bering boʻgʻozidan boshlab jan. ga taxm. 40° shim. kenglikkacha boʻlgan qismini egallagan. Harorat Arktikaga nisbatan ancha yuqori, yil davomida keng miqyosda oʻzgarib turadi. Qishda suv akvatoriyasining ancha qismida suzib yuruvchi muzlar hosil boʻladi. Yozda suv yuzasi bilan suv tubi … Читать далее

AGʻDASH

AGʻDASH — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar (1900-y. dan). Agʻdash t. y. stansiyasidan 47 km. Aholisi 20,9 ming kishi (1999). Yogʻ-sir, avtomobil tuzatish, paxta tozalash, sut z-dlari bor. Qad. shahar, ipak va ipak buyumlari savdosi bilan mashhur boʻlgan. Karvonsaroy saqlangan. Agʻdash 16 – a. da vujudga kelgan.