BOREOPATSIFIK OBLAST

BOREOPATSIFIK OBLASTdunyo okeanining zoogeografiya oblasti, Tinch okeanining shim. qismi va okean dengizlari shim. da Bering boʻgʻozidan boshlab jan. ga taxm. 40° shim. kenglikkacha boʻlgan qismini egallagan. Harorat Arktikaga nisbatan ancha yuqori, yil davomida keng miqyosda oʻzgarib turadi. Qishda suv akvatoriyasining ancha qismida suzib yuruvchi muzlar hosil boʻladi. Yozda suv yuzasi bilan suv tubi harorati ancha katta farq qiladi. Boreopatsifik Oblastda sut emizuvchilardan kalan, yaʼni dengiz suvsari, kulrang kit, seld kiti, shim. tishli kiti, Tinch okean qisqabosh delfini, Oq dengiz choʻchqasi; qushlardan har xil chistiksimonlar, kichik konyuga, baliqchi qushlar (moyevka, qoradum baliqchi), koʻzoynakli chistik, nayburunlilar (koʻk kachurka) va b. uchraydi. Deyarli barcha keltirilgan qushlar endemik hisoblanadi. Baliklardan Tinch okeani losossimonlari: keta, bukri baliq, nerpa, chavicha kabi endemik turlar; Tinch okeani seldi, ivasi sardinasi, kambalalarning bir necha turi (oq qorin, paltussimon, oʻqyoy tishli paltus va b.) tarqalgan. Boreopatsifik Oblastda qisqichbaqasimonlar orasida endemik turlari ham koʻp (mas, Kamchatka krabi). Biomassa mikdori va turlari soni jihatidan ikki pallali mollyuskalar, ninaterililar, koʻptuklilar va gʻovak tanlilar ancha boy. Arktikadan bu oblastga kitsimonlilarning ayrim turlari, bu oblastdan Arktikaga chistiksimon qushlarning ayrim turlari oʻtib turadi. Moyevka baliqchisi, UzoqSharq navagasi har ikkala oblastda ham keng tarkalgan. Oblastning jan. qismida Tinch okeani tropik mintaqasi uchun xos boʻlgan turlar uchraydi. Boreopatsifik Oblast dagi koʻpgina hududlarning sohil boʻyida qadimdan baliqlar va b. dengiz hayvonlari, Uzoq Sharq seldi, losossimonlar, kambalalar, quloqli tyulenlar, kitlar va kalanlarning bir necha turi ovlab kelingan. Bu hol ilgari bu yerlarda keng tarqalgan turlar sonining qisqarib ketishiga olib keldi. Hozir Boreopatsifik Oblastda kamayib borayotgan hayvonlarni saqlab qolish va koʻpaytirish maqsadida xalqaro va regional choratadbirlar ishlab chiqildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x