VISKONSIN

VISKONSIN — AQSHning shim. dagi shtat. Michigan va Yuqori koʻllar oraligʻidagi tekislikda joylashgan. Mayd. 145,4 ming km2. Aholisi 5 mln. dan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Madison sh. Eng yirik shahri — Miluoki. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 6° dan — 13°gacha, iyulniki 18— 22°. Yiliga 750 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari (Viskonsin, … Читать далее

BIT

BIT, bitlar (Anoplura, Siphunculata) — qon soʻruvchi hasharotlar turkumi. TashQI koʻrinishi parxoʻrlarga oʻxshab ketadi. Tanasi yassi, uz. 1—6 mm, qanotsiz. Baʼzi Bitning bir juft oddiy koʻzi bor, koʻpchiligida koʻz rivojlanmagan. Moʻylovlari kalta, maxsus egatchaga kirib turadi. Ogʻiz apparata sanchib soʻruvchi. Ogʻiz teshigi agʻdarilib tashqariga chiqadigan nay bilan oʻralgan. Nay devorida qator joylashgan ilmoqlar yordamida Bit … Читать далее

VIVERRASIMONLAR

VIVERRASIMONLAR (Viverridae) – yirtqich sut emizuvchilar oilasi. Gavdasining uz. 85 sm gacha, ogʻirligi 8 — 12 kg boʻlgan hayvonlar. Oyoqlari kalta, koʻpincha 5 panjali, dumi uzun, bitta turining dumi tutuvchi tipda. Baʼzi Viverrasimonlar anal teshigi oldida muskus ishlab chiqaradigan hid bezlari bor. 71 turi, 35 urugʻi: genetalar, sivetalar, mangustlar, binturangalar, mungolar, surikatlar, fossalar va b. … Читать далее

BUZOQ

BUZOQ — sigirning 6 oylikkacha boʻlgan bolasi. Yirik zotli Buzoq ogʻirligi tugʻilishda 35—45 kg, mayda zotlisining ogʻirligi 25—35 kg boʻladi. Buzoq tugilishi b-n ogʻizburnidagi shilimshiq sochiq b-n artiladi, tugʻilganda kindigi uzilmagan boʻlsa qorin tomondan 10—12 sm qoldirib kesiladi, kesilgan joyiga yod eritmasi surtiladi, soʻngra yalab tozalash uchun onasi oldiga qoʻyiladi. Tugʻilgandan keyin 1—1,5 soat oʻtgach, … Читать далее

BRITANIYA KOLUMBIYASI

BRITANIYA KOLUMBIYASI — Kanada gʻarbidagi provinsiya. Mayd. 947,8 ming km2. Aholisi 3,0 mln. kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Viktoriya sh. B. K. Tinch okean sohili boʻylab joylashgan. Tarkibiga Vankuver, Qirolicha Sharlotta va b. orollar ham kiradi. Relyefi togʻli (Qoyali togʻlar, Kordilyera togʻi tizmalari va b.). Sohil qismida iqlimi yumshoq, sernam, togʻlarda sovuq, … Читать далее

VABO

VABO (cholera) — ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning ogʻirlashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan oʻtkir infeksion kasallik; oʻta xavfli ichak kasalliklaridan. Vabo dastlab (1816) Hindistonda — Gang daryosi vodiysida paydo boʻlgan; u yerda turmush sharoiti ogʻir boʻlganligi uchun aholining bir qismi boshqa davlatlarga keta boshlaydi. Natijada V. Yevropaga, keyinchalik butun dunyoga, chunonchi Birma … Читать далее

VLADIVOSTOK

VLADIVOSTOK — RFdagi shahar, Primorye oʻlkasining markazi (1888-y. dan). Sibir t. y. magistralining oxirgi punkti. Tinch okean sohilidagi yirik port. Yirik aeroport bor. Zolotoy Rog buxtasi atrofida va Amur qoʻltigʻining sharqiy sohili boʻylab amfiteatr shaklida joylashgan. Axoliyey 648 ming kishidan ziyod (1999). Vladivostok 1860-y. da bunyod etilgan. 1862-y. dan port, 1880-y. dan shahar. V. da … Читать далее

VIXUXOLLAR

VIXUXOLLAR (Desmana) — hasharotxoʻr sut emizuvchilar turkumining bir urugʻi. Vixuxollar oilasiga kiradi. Vixuxol (Desmana moschata) Volga, Don va Ural daryolarida tarqalgan. Tuzilishi suvda yashashga moslashgan. Boʻyi 20 — 22, dumi 18—20 sm cha, hasharotxoʻr sut emizuvchilarning eng kattasi. Tumshugʻi uchida uzun xartumchasi, orqa oyoq panjalari orasida suzgich pardasi bor. Dumi tangachalar bilan qoplangan, dumi ostida … Читать далее

VAMPIRLAR

VAMPIRLAR, arvoh shapalaklar, desmodsimonlar (Desmodontidae) — koʻrshapalaklar oilasi. Vampirlarni baʼzan barg burunlilar oilasiga kenja oila sifatida kiritiladi. Tanasining uz. 6,5—9 sm. Yuqori jagʻidagi kurak tishlari yirik va oʻtkir; qoziq tishlari yaxshi rivojlangan; keyingi (oziq) tishlari mayda, qisman reduksiyaga uchragan. Ichagi kalta, oshqozoni choʻziluvchan boʻlib, birdaniga koʻp miqdordagi oziqni saqlashta moslashgan. Vampirlar urugʻi Jan. va Markaziy … Читать далее

VOLOGDA VILOYATI

VOLOGDA VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1937-y. 23 sent. da tuzilgan. Vologda viloyati vda 15 shahar va 14 shaharcha bor. Mayd. 145,7 ming km2. Aholisi 1367 ming kishi (1999). Markazi — Vologda sh. V. v. ning yer yuzasi tekislik. Qazilma boyliklari: torf, qoʻngʻir temirtosh, oʻtga chidamli gil, kvars qumlari, osh tuzi va mineral buloqlar. Iqlimi … Читать далее