BIYA

BIYA, baytal — voyaga yetgan urgʻochi ot. Aygʻirdan alohida saqlanadi. Biya 3 yoshidan (gʻunanlik davridan) to 20— 25, baʼzan undan ham katta yoshgacha qochiriladi. Boʻgʻozlik davri oʻrtacha 11 oy. Biyadan sogʻlom qulun olish uchun butun boʻgʻozlik davrida qaltis harakatlardan, shamollashdan ehtiyot qilinadi, ogʻir yuk tashishda ishlatilmaydi, toliqishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qulunini 6 — 9 oy emizadi. Bir sutkada 15 l gacha (ayrim sersut zotlari 25 l gacha) sut beradi (q. Biya suti).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x