VORONEJ

VORONEJ — RFdagi shaxar, Voronej viloyatining markazi (1934-y. dan). Yirik t. y. tuguni, Voronej daryosining Don daryosiga quyilish joyidagi pristan. Aholisi 905 ming kishi (1999). V. Markaziy Qoratuproq iktisodiy r-nining asosiy industrial markazi va Rossiyaning yirik sanoat markazlaridan biri. Voronejda mashinasozlik (vagon tuzatish z-di, ekskavator, temirchilik-press uskunalari, foydali qazilmalarni saralash uskunalari, stanoksozlik, televizor va radiopriyomnik, radiodetal, q. x. mashinasozligi), kimyo (sintetik kauchuk, farmatsevtika z-dlari), qurilish materiallari z-dlari, oziq-ovqat (yogʻ-moy, un-yorma, sut k-tlari, konditer, makaron f-kalari va b.), yogocheozlik, yengil sanoat (poyabzal, tikuvchilik) rivojlangan. Voronejda 9 oliy oʻquv yurti (shu jumladan un-t),oʻlkashunoslik, badiiy, tasviriy sanʼat muzeylari, 4 teatr, telemarkaz bor. 17—18-a. larning meʼmoriy yodgorliklari saklangan. Voronejga 1585-y. qalʼa sifatida asos solingan va keyinchalik Rus davlati chegaralarini jan. tomonga jadal kengaytirishda tayanch punkti boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x